/
Text
Ta'lim rus va qardosh tillarda
olib boriladigan maktablarning
3-sinfi uchun darslik
TOSHKENT --- «O'ZBEKISTON» --- 2010
A. RAFIYEV, G. MUHAMMADJONOVA,
G. ZIYAMUHAMEDOVA
ISBN 978-9943-01-582-1
© «O'ZBEKISTON» NMIU, 2010
Taqrizchilar:
S. Odilova, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p.f.n.
B. Qorayeva, O'zDJTU dotsenti, p.f.n.
R. Polvonova, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 221-maktab
o'qituvchisi.
Shartli belgilar:
--- To'g'ri talaffuz qiling!
--- Bilib oling!
--- Muomala odobi
--- Uyga vazifa
--- Yodda tuting!
--- Ifodali o'qing!
BBK 81.2Uzb
R27
3
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADHIYASI
Mutal (Mutavakkil)
Abdulla ORIPOV
BURHONOV musiqasi
so'zi
Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar --- jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar --- jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
4
I. RESPUBLIKAMIZ
1-DARS
1-topshiriq. Rasmlar asosida shaharlar ko'rinishi
haqida so'zlang.
Foydalanish uchun so'zlar: viloyat, jonajon,
markaz, qurilish, chiroyli, bog'lar, tarixiy, buyuk.
Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xiva
5
2-topshiriq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan
so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing.
VATAN
Bizning Vatanimiz O'zbekiston. O'zbekiston
quyoshli va boy o'lka.
O'zbekistonda qadimiy va navqiron sha-
harlar ko'p. Barcha viloyatlarda ulkan quri-
lishlar ketmoqda. Yangi sanoat korxonalari
bunyod etilmoqda. Bog'-rog'lar ko'pay-
moqda. Biz bepoyon Vatanimizni sevamiz.
Lug'at
vatan --- ðîäèíà
viloyat --- îáëàñòü
barcha --- âñå
ulkan --- îãðîìíûé
qurilishlar --- ñòðîéêè
sanoat korxonalari --- ïðîìûøëåííûå
ïðåäïðèÿòèÿ
bog'-rog'lar --- ñàäû
bunyod etilmoqda --- ñîçäàþòñÿ
bepoyon --- áåñêðàéíèé
3-topshiriq. Lug'atda berilgan so'zlardan foydalanib,
4 ta gap tuzing.
Namuna: Bizning Vatanimiz bepoyon.
Yodda tuting!
Ko'pay
moqda.
Quril
6
1-mashq. Berilgan so'zlarni tartib bilan qo'yib,
3 ta gap tuzing.
1. Boy, O'zbekiston, o'lka, quyoshli, va.
2. Biz, sevamiz, Vatanimizni, bepoyon.
3. Ketmoqda, ulkan, viloyatlarda, barcha,
qurilishlar.
Muomala odobi
SUHBAT
--- Isming nima?
--- Mening ismim Davron.
--- Nechanchi sinfda o'qiysan?
--- Men uchinchi sinfda o'qiyman.
--- Sen-chi.
--- ...
...
...
.
4-topshiriq. She'rni ifodali o'qing.
O'ZBEKISTON --- VATANIM
O'zbekiston --- Vatanim,
Baxt, bahorim --- chamanim.
Yurt yagona, qalb tanho,
Elga fido jon-tanim.
Quchib qaynoq quchog'in,
Ko'zga surtib tuprog'in.
Hurlik qo'shig'in kuylab,
O'paman yurt bayrog'in...
(Normurod Narzullayev)
Uyga vazifa. 4-topshiriqdagi she'rni yod oling.
7
2-DARS
1-topshiriq. Rasmdan foydalanib suhbatlashing.
2-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo'lib o'qing.
SUHBAT
--- Salom, Akmal.
--- Salom, Nodir.
--- Nodir, qayerga ketyapsan?
--- Men Milliy bog'ga ketyapman.
--- Sen u yerda nima qilasan?
--- Men u yerda do'stlarim bilan uchrasha-
man.
--- Kimlar keladi?
--- Aziz, Nodira, Rustam, Go'zal va Jamol.
Biz bog'da dam olmoqchimiz.
--- Xayr.
8
Maqollar
Bulbul --- chamanni sevar,
Odam --- Vatanni.
Ona yurting ---
Oltin beshiging.
1-mashq. Nuqtalar o'rniga zarur qo'shimchalarni
qo'yib, gaplarni ko'chiring.
Mening Vatan...(-i, -im) O'zbekiston. Men
Buxoro... (-ga, -da) tug'ildim. O'zbekiston...
(-ga, -da) qadimiy shaharlar ko'p.
3-topshiriq. Matnni o'qing. Mazmunini so'zlab
bering.
MENING VATANIM
Mening Vatanim --- O'zbekiston. Men shu
yurtda tug'ildim. Uning tuprog'i men uchun
aziz. O'zbekiston go'zal va boy davlat. Bu
Vatanda turli millat vakillari yashaydi.
O'zbekistonning poytaxti --- Toshkent shahri.
U katta va chiroyli shahar. Samarqand, Buxoro,
Xiva shaharlarining nomi dunyoga mashhur.
Biz jonajon Vatanimizni sevamiz.
Uyga vazifa. «Mening Vatanim» mavzusida
kichik matn tuzing.
9
II. MAKTABIMIZ
1-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qing, o'z maktabingiz haqida
so'zlab bering.
Har kuni maktabga boraman. Qo'Iimda
papka. Unda kitoblar, bo'yoqlar, qalamdon,
chizg'ich, o'chirg'ich bor.
Maktabimiz chiroyli. Maktab binosi ustida
respublikamiz bayrog'i hilpiraydi. Keng va
yorug' sinflarda o'qiymiz. Maktab hovlisida
gullar va daraxtlar ko'p. Biz ularni parvarish
qilamiz.
Maktabimizni juda sevamiz.
10
Lug'at
hovlisida --- âî äâîðå
hilpiramoq --- ðàçâåâàòüñÿ
parvarish qilmoq ---
óõàæèâàòü
har kuni --- êàæäûé äåíü
keng --- ïðîñòîðíûé
yorug' --- ñâåòëûé
To'g'ri talaffuz qiling!
k va q tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
kq
ko'l
qo'I
katak
qator
tok
toq
varrak
varaq
maktab
maqsad
Muomala odobi
SUHBAT
--- Dildora, nima qilyapsan?
--- Rasm chizyapman.
--- Mo'yqalaming bormi?
--- Albatta, bo'yoqlarim ham bor.
--- Qani, ko'rsat-chi.
--- Mana, oq, qizil, pushti...
--- Iltimos, menga ko'k bo'yog'ingni berib
tur.
--- Marhamat.
--- Rahmat, hozir qaytaraman.
11
Bilib oling!
Shaxs yoki narsaning boshqa shaxs-
narsaga tegishliligi, xosligi egalik qo'shim-
chalari orqali ifodalanadi. Ular so'z o'za-
gining unli yoki undosh bilan tugashiga
ko'ra o'zgaradi. Egalik qo'shimchasini
olgan so'zlarning tuslanishini bilib oling.
s
x
a
h
Sk
il
r
i
Bk
il
p
'
o
K
s
x
a
h
s
I
s
x
a
h
s
II
s
x
a
h
s
III
+
a
n
o
x
m
m
m
+
b
a
t
k
a
m
m
im
im
i
+
a
n
o
x
g
ng
ng
n
+
b
a
t
k
a
m
g
n
ig
n
ig
n
i
+
a
n
o
x
i
si
si
s
+
b
a
t
k
a
m
iii
+
a
n
o
x
z
i
mz
i
mz
i
m
+
b
a
t
k
a
m
z
i
m
iz
i
m
iz
i
m
i
+
a
n
o
x
z
i
g
nz
i
g
nz
i
g
n
+
b
a
t
k
a
m
z
i
g
n
iz
i
g
n
iz
i
g
n
i
+
a
n
o
x
i
r
a
li
r
a
li
r
a
l
+
b
a
t
k
a
m
i
r
a
li
r
a
li
r
a
l
1-mashq. Egalik qo'shimchalaridan mosini qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
Maktab (-ing, -imiz) binosi juda chiroyli.
Sinf xona (-m, -lari) yorug' va keng. Birinchi
qavatda sport zal (-si, -i) joylashgan. Uning
yonida maktab oshxona (-m, -si) bor. Maktab
hovli (-si, -ing)da daraxtlar va gullar ko'p.
Maktab (-imiz, -ng) menga yoqadi. Sizning
maktabingiz qanday?
2-topshiriq. Maktabingizdagi narsalar va xonalar
nomini ustunlarga ajratib yozing, bu so'zlar ishtirokida
namunadagidek gaplar tuzib suhbatlashing.
12
Namuna:
--- Sport zalida nimalar bor?
--- Sport zalida koptok, tennis to'pi, nar-
voncha bor.
Uyga vazifa: To'g'ri talaffuz qilish uchun
berilgan so'zlar ishtirokida so'z birikmalari tuzing.
2-DARS
1-topshiriq. Savollarga javob bering. So'zlardagi
k va q tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
--- Qaysi maktabda o'qiysiz?
--- ...
...
...
.
--- U qayerda joylashgan?
--- ...
...
...
.
--- Maktabingiz hovlisida nimalar bor?
--- ...
...
...
--- Sport zalida nimalar bor?
--- ...
...
...
.
1-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib,
gaplarni ko'chiring, keyin k harfli so'zlarni bir ustunga,
q harfli so'zlarni ikkinchi ustunga joylashtiring.
1. Bu yil ... (maktabimiz, xonamiz) uchun
yangi bino qurildi. 2. U to'rt qavatli, katta ...
(o'qituvchisi, hovlisi) bor. 3. Maktab hovlisida
kichik ... (tajriba maydonchasi, kutubxona)
ochilgan. 4.
... (oshxona, 3-sinf xonasi) ikkinchi
qavatda.
13
Yodda tuting!
Menda qalam va o'chirg'ich bor.
Xiyobonda daraxt va gullar o'sadi.
2-topshiriq. Rasm asosida sport zali haqida
suhbatlashing.
2-mashq. Berilgan so'zlarning mosini qo'yib,
gaplarni o'qing va daftaringizga ko'chiring. Egalik
qo'shimchasini aniqlang va qaysi shaxsdaligini ayting.
Foydalanish uchun so'zlar: maktabim, ustozimiz,
daftaring, binosi, maktab hovlisiga.
1. Bolalar ... to'plandilar. Maktab hovlisida
katta bayram bo'ldi. 2. Bu kitobni ... berdilar.
Ustozimiz juda mehribon. 3. Yozish uchun ...
bormi? Daftaringni toza tut. 4. Maktabimiz ...
to'rt qavatli. Bu bino yonida sport zali bor.
5. ... katta ko'chaga yaqin. Maktabimga shu
ko'chadan boraman.
14
3-topshiriq. Shå'rni o'qing, k va q tovushlarining
talaffuziga å'tibor bering.
SALOM, MAKTAB!
Salom senga maktabim,
Bilim olish maqsadim.
Urishtirib harflarni,
Tuzarman ko'p so'zlarni.
Yurib gaplar izidan,
O'tarman Yer yuzidan.
O't va suvlar kecharman,
Tilsimlarni yecharman.
Hozircha... dars boshlanar,
Qo'Ini bering, oshnalar.
Qanot bog'lab parvozga,
Ergashamiz ustozga.
Sinfim --- mening gul bog'im,
Ko'pdir do'st-u o'rtog'im.
(Husniddin Sharipov)
3-mashq. Nuqtalar o'rniga egalik qo'shimcha-
laridan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Maktab... (-i, -imiz) binosi uch qavatli.
2. Keling, ustoz... (-ingiz, -im) bilan tanish-
tiraman. 3. Maktabimiz kutubxona... (-lari, -si)
birinchi qavatda joylashgan. 4. «O'zbek tili»
kitob (-ing, -miz) bormi?
Uyga vazifa: «Salom, maktab!» she'rini yod
oling.
15
III. SINF XONASI
1-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qing. Shu asosda o'z sinfingiz
haqida so'zlab bering.
Bu bizning sinfimiz. Sinf xonasi keng va
ozoda. Sinfda yozuv doskasi, kitob javoni bor.
Sinf burchagida navbatchilar ro'yxati osilgan.
Bugun Abror Ahmedov navbatchi. U o'qi-
tuvchiga yordam beradi.
Lug'at
keng --- npocòopíûé
ozoda --- ÷èñòûé
kitob javoni --- êíèæíûé
øêàô
navbatchi --- äåæóðíûé
osilgan --- âèñèò
16
To'g'ri talaffuz qiling!
ng tovushini to'g'ri talaffuz qiling.
keng
ming
singil
bering
rang
yengil
tong
o'ng
dangasa
1-mashq. Dialoglarni zarur savol yoki javoblar
bilan to'ldiring.
1.
--- Nechanchi sinfda o'qiysan?
--- ...
...
...
.
2.
--- Sinfingizda nimalar bor?
--- ...
...
...
.
3.
--- ...
...
... ?
--- Ha, kitob javoni bor.
4.
--- ...
...
... ?
--- Bugun men navbatchiman.
Bilib oling!
-da qo'shimchasi yordamida o'rin-joy
ma'nosi ifodalanadi: sinf + da = sinfda,
xona + da = xonada kabi.
Masalan: Javonda kitoblar ko'p.
2-mashq. Rasmdagi narsalar nomiga -da qo'shim-
chasini qo'shib, gaplarni o'qing va daftaringizga
ko'chiring:
Sinfimiz katta va yorug'. O'qituvchi
17
sinf jurnali turibdi.
«3-sinf» deb yozilgan.
sana yozilgan.
turli kitoblar bor.
2-topshiriq. Rasm asosida savollarga javob bering.
1. Sinfda nimalar bor?
2. O'qituvchi stolida nima turibdi?
3. Kitob javonida nimalar bor?
4. Sinfda gullar bormi?
Uyga vazifa: 2-topshiriqdagi savollarga javob
yozing.
2-DARS
1-mashq. Qavs ichidagi so'zlardan gap mazmuniga
mosini tanlang va gaplarni ko'chiring.
Namuna: Daftaringga yoz.
1. Yangi so'zlarni daftaringga (yoz, o'qi).
2. Lug'atni kitob javoniga (ber, qo'y).
3. Navbatchi, yozuv taxtasini (ko'chir, art).
2 --- O'zbek tili, 3-sinf
18
4. Do'stingizning savoliga (javob ber, ayt).
5. Siz ikkinchi partaga (tur, o'tir).
Muomala odobi
Iltimos, o'rningdan tur.
Iltimos, yozuv taxtasini art.
Iltimos, kitobni javonga qo'y.
Rahmat, joyingga o'tir.
Yodda tuting!
Men uch + -inchi sinfda o'qiyman.
Akam olti + -nchi sinfda o'qiydi.
1-topshiriq. Sinfingiz to'g'risida quyidagi savollarga
javob bering.
1. Bu nechanchi sinf?
2. Bugun kim navbatchi?
3. Sinfda nechta o'quvchi bor?
4. O'qituvchi nima qilyapti?
5. Savollarga kim javob beryapti?
2-mashq. Rasmlar o'rniga ularni ifodalovchi
so'zlarni qo'yib, chiroyli yozing.
Men
o'qidim.
Anvar
o'qidi.
Go'zal
oldi.
Bu yangi
binosi.
19
Mana bu
zali.
Rahima opa qayerda?
Rahima opa
da.
2-topshiriq. «Tanaffusda» mavzusida namunada-
gidek suhbatlashing va dialogni davom ettiring.
--- Nodira, iltimos, menga daftaringni berib
tur.
--- Mana ol, ammo unga chizma, xo'pmi?
--- Xo'p, ...
...
...
.
--- Keyin uni o'qituvchining stoliga qo'y.
--- ...
...
...
. Rahmat, ...
...
...
.
--- Yur, endi oshxonaga boramiz.
3-mashq. Sinfingizdagi narsalar nomini quyidagi
jadvalga muvofiq joylashtiring.
i
r
a
ll
o
r
u
q
v
u
q
'
Or
a
ll
e
b
e
Mi
r
a
l
z
o
h
ij
a
k
i
n
x
e
T
3-topshiriq. «Sinfimizda» mavzusida namunadagidek
gaplar tuzing.
Namuna:
Kitoblar javonda turibdi.
Gullar deraza oldida turadi.
Uyga vazifa: «Sinfda» mavzusiga 3--4 gapdan
iborat bog'lanishli matn tuzing. Unda -da
qo'shimchali so'zlardan foydalaning.
20
IV. KUZ KELDI
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida bog'lanishli matn tuzing.
Namuna: Havo soviy boshlaydi. Kuzda
ko'p bayramlar o'tkaziladi.
Foydalanish uchun so'zlar: barglar sarg'ayadi,
havo salqin, o'qish boshlanadi, Mustaqillik bayrami.
2-topshiriq. Matnni ifodali o'qing, matn asosida
savollarga javob bering.
KUZ
Kuz fasli keldi. Kunlar soviy boshladi.
Dehqonlar hosilni yig'ishga kirishdilar. Kuz
ajoyib fasl. Havo iliq. Osmonda bulutlar ko'p.
Ba'zan quyosh ko'rinmaydi. Quyosh qattiq
21
qizdirmaydi. Daraxtlarning bargi sarg'ayadi.
Keyin yerga to'kiladi. Kuchli shamol barglarni
uchirib ketadi. Kuz fasli menga yoqadi.
Kuzda nimalar pishadi?
Kuzda havo qanday bo'ladi?
Kuz fasli sizga yoqadimi?
Lug'at
soviydi --- ïîõîëîäàåò
dehqon --- êðåñòüÿíèí
hosil --- óðîæàé
iliq --- òeïëî
tiniq --- ïðîçðà÷íî
sarg'aymoq --- æåëòåòü
To'g'ri talaffuz qiling!
u va o' tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
UO
'
ulug'
o'smoq
bo'g'im
uzum
o'rik
to'liq
tushuncha
o'lka
jo'mrak
bulut
qo'shiq
yo'lak
1-mashq. Kuz mavzusida berilgan tayanch so'zlar
asosida suhbat tuzing.
Foydalanish uchun so'zlar: kuz, iliq, bulut,
shamol, hosil, sarg'aymoq.
Namuna: Kuz keldi, daraxt barglari sar-
g'aydi. Mevalar pishdi.
Uyga vazifa. 2-topshiriqdagi matn asosida
savollarga yozma ravishda javob yozing.
22
2-DARS
1-topshiriq. She'rni ifodali o'qing
SOZ BO'LDI
Kuz kelgani soz bo'ldi,
Omborlar donga to'ldi.
Pishdi shirin mevalar,
Tatib ko'ngil chog' bo'ldi.
Bobodehqon mehnati,
Ona yerning himmati.
Chanoqdagi paxtalar
Osmon qadar tog' bo'ldi.
(Valijon Ahmadjon)
Lug'at
ombor --- ñêëàä
bobodehqon --- äåõêàíèí
himmat --- ùåäðîñòü
chanoq --- õëîïêîâàÿ êîðîáî÷êà
osmon qadar --- äî íåáà
chog' bo'lmoq --- áûòü äîâîëüíûì
1-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying.
-di qo'shimchasining qo'llanilishiga e'tibor bering.
BOG'DA
Bu ... bog'imiz (mening, bizning, sening).
Bog'da mevali daraxtlar ... (ko'p, bor, kam).
..., ..., ... daraxtlari bor (olma, chinor, nok,
shaftoli). Hozir ... (daraxtlar, mevalar, olmalar)
23
pishgan. Kecha men ... (olcha, tut, olma)
terdim. Menga ... (olma, olcha, gilos) yoqadi.
Dadam uzumlarni ... (kesdilar, uzdilar, terdilar).
Ularni qutiga ... (joyladik, soldik, to'pladik).
2-mashq. Gaplarni davom ettiring.
1. Kuz ...
...
.
2. Olma, anor ...
...
.
3. Dalada qovun ...
...
.
Bilib oling!
-di qo'shimchasi so'z o'zagiga qo'-
shilib, ish-harakatning o'tgan zamonda
aniq bajarilganligini ifodalaydi.
Masalan: Mevalar pishdi. Do'kondan
uzum oldik.
2-topshiriq. Berilgan gaplarga savol tuzing.
1. Yoz faslidan so'ng kuz keladi.
2. Bir yilda to'rt fasl bor.
3. Sentabr oyidan maktablarda o'qish bosh-
lanadi.
Topishmoq
Yer tagida oltin qoziq.
Pak-pakana bo'yi bor,
Yetti qavat to'ni bor.
Uyga vazifa. Topishmoqlarni o'qing va yod
oling.
24
V. POLIZDA
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida savollarga javob bering.
1. Polizda nimalar o'sadi?
2. Ikrom polizda kimga yordam beryapti?
3. Polizda qanday sabzavotlar yetiladi?
4. Sabzavotlar nima uchun kuzda yig'ib
olinadi?
Foydalanish uchun so'zlar: karam, piyoz, lavlagi,
tarvuz, yig'moq, termoq, sabzi, qovoq, muzlamoq,
qishga asrash uchun, saqlash.
2-topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarning
so'rog'ini qo'yib ko'chiring.
Mana bu poliz. Bu poliz juda katta. Polizda
karam, kartoshka, sabzi, piyoz va boshqa
sabzavotlar o'sadi.
Dehqon sabzavotlarni parvarish qiladi. Hosil
yig'ib olinadi. Pomidor, bodring va sabzi
25
yig'ib olinadi. Bo'sh vaqtlarida bolalar ham
ota-onalariga yordam beradilar. Aziz akasi
bilan bodringlarni uzyapti. Sabzavotlarni maza
qilib yeymiz. Ular juda foydali.
Lug'at
poliz --- áàõ÷à, îãîðîä
bodring --- îãóðåö
boshqa --- äðóãîé
piyoz --- ëóê
o'syapti --- ðàñò¸ò
karam --- êàïóñòà
sabzavot --- îâîùè
yordam beryapti ---
ïîìîãàåò
Bilib oling!
Harakat o'tgan shaxs, narsa, buyum,
makonni ifodalashi uchun -ni qo'shim-
chasi ishlatiladi.
-ni qo'shimchasi shunday
ma'nolarni bildiruvchi so'zlarga qo'shiladi.
Masalan: Uzumni uzdi. Anorni yeymiz.
1-mashq.
Bu nima?
Bu
.Bu
.
Mana bu nima? Bu
.
Ana u-chi? Bu
bilan
.
Anvar
ni yuvdi.
Bog'bon
larni uzdi.
26
2-mashq. Savollar o'rniga berilgan so'zlardan
mosini qo'yib, gaplarni o'qing va ko'chirib yozing.
1. Polizda (kimni?) uchratdik. 2. Komil (nima-
larni?) savatga soldi. 3. Dehqonlar (nimani?)
boshlashdi. 4. Quyon qizil (nimani?) yoqtiradi.
5. Oshpaz (nimani?) yog'da qovurdi.
Foydalanish uchun so'zlar: sabzi, behilar, piyoz
bilan kartoshka, dehqon bobo, yig'im-terim.
3-topshiriq. She'rni o'qing, g va g' tovushlarini
to'g'ri talaffuz qiling. She'rning mazmunini so'zlab
bering.
KUZ
Kuzak yurish boshladi,
Ya'ni urush boshladi.
Sarg'ayib so'ldi ko'plab
Yam-yashil barg-u o'tlar...
O'riklar ol yaprog'in,
Ya'ni qizil bayrog'in
Yerga tashladi bir-bir,
Kuzakka bo'lib asir.
Uzum osildi dorga,
Olma-yu, nok, anorlar
Barchasi bitta-bitta
Kirdi qamoq --- yashikka.
Tiqildi to'rvalarga
Sholg'om, piyoz, sabzilar.
27
...Bu g'alaba kuzniki,
Endi mazza bizniki.
(Dilshod Rajab)
Uyga vazifa: «Sholg'om» ertagi asosida -ni
qo'shimchasi qatnashgan gaplar tuzing.
2-DARS
1-topshiriq. Savollarga javob bering va dialogni
to'ldirib, daftaringizga ko'chiring.
--- Siz polizni ko'rganmisiz?
--- ...
...
...
.
--- Dehqonlar qovunlarni nima qildilar?
--- ....
...
...
.
--- Sabzavotlarni qayerda saqlaydilar?
--- ...
...
...
.
--- Qaysi sabzavotlarni pishirib yeyish kerak?
--- ...
...
...
.
1-mashq. Matnni o'qing, ajratilgan so'zlarga -ni
qo'shimchasini qo'shib, gaplarni ko'chiring.
Kuzgi ishlar boshlandi. Bog'bonlar kuzgi
mevalarni teradilar. Polizda qovun va tarvuzlar
uzildi. Hosil omborda saqlanadi. Shaharliklarga
sabzavotlar yetkaziladi. Barcha mevalar yuvib
yeyiladi.
Namuna: Kartoshka tozalanadi.
--- Kar-
toshkani tozalash kerak.
28
2-topshiriq. Rasmlar asosida savollarga javob
bering.
--- Bog'bon nima qilayapti?
--- Uzilgan mevalarni nimaga joylayapti?
--- Polizda qanday sabzavotlar o'sadi?
--- Polizdan qanday sabzavotlarni yig'ib ola-
yaptilar?
2-mashq. Berilgan so'zlarni tartib bilan joylashtirib,
namunadagidek gaplar tuzing.
Namuna: Dehqonlar hosilni yig'dilar.
Dehqon, yig'moq, hosil.
1. Poliz, ko'p, qovun, tarvuz.
... ...
...
.
2. Qop, sabzi, solmoq.
... ...
...
.
29
3. Ombor, quti, joylashtirmoq.
... ...
...
.
Òo'g'ri talaffuz qiling.
g va g' tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling!
gala
ilgak
g'azal mag'zi
gilam bargg
'
aram po'stlog'i
gugurt tugma g'ash to'g'ramoq
gulzor kuzgi g'isht sig'moq
3-mashq. Quyidagi so'zlarga -ni qo'shimchasini
qo'shib, so'roq gaplar tuzing va ularning javobini
daftaringizga yozing.
poliz, terim, quti, tarvuz, qovoq.
3-topshiriq. Òopishmoqlarni o'qing, g va g'
tovushlarining talaffuziga e'tibor bering.
U yog'i tog',
Bu yog'i tog',
O'rtasida sariyog'.
Boshi barkash --- xuddi oy,
O'zini yanchsang, g'archcha moy.
O'zi pillaga o'xshar,
Mag'zi tillaga o'xshar.
Uyga vazifa: Òopishmoqlarning javobini toping.
30
VI. OILAMIZ
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida savollarga javob bering.
1. Bu oilada necha kishi yashaydi? 2. Se-
ning oilangda necha kishi bor? 3. Sen ne-
chanchi sinfda o'qiyapsan? 4. Otang kim?
5. Onang qayerda ishlaydi?
2-topshiriq. Matnni o'qing, uning mazmuni asosida
o'z oilangiz haqida so'zlab bering.
KATTA OILA
Bizning oilamiz katta. Oilamizda olti kishi
bor. Bobom, buvim, otam, onam, singlim va
31
men. Otam --- o'qituvchi. U maktabda ishlaydi.
Onam --- shifokor. U bemorlarni davolaydi.
Bobom va buvim biz bilan birga yashaydilar.
Men uchinchi sinfda o'qiyman. Singlim bolalar
bog'chasiga boradi. Bizning oilamiz juda inoq.
Lug'at
kishi --- ÷åëîâåê
bemorlarni --- áîëüíûõ
davolaydi --- ëå÷èò bolalar bog'chasi --- äåòñêèé ñàä
shifokor --- âðà÷
inoq --- äðóæíûé
1-mashq. Gaplarni to'ldirib o'qing, so'ngra ko'chi-
ring.
Otam ... ko'ryaptilar.
Onam ... tikyaptilar.
Buvim ... qarayaptilar.
Singlim ... o'ynayapti.
Bobom men bilan ... o'ynayaptilar.
Foydalanish uchun so'zlar: ko'ylak, koptok,
televizor, shashka, ukamga.
«... oila va mahalla muhitida, butun
diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o'zaro
mehr-oqibat tuyg'ulari kuchayib borayot-
ganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi».
I.A. Karimov
(«Yuksak ma'naviyat ---
yengilmas kuch» asaridan)
32
To'g'ri talaffuz qiling!
v va f tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
va'da
buva
faol
aft
varaq
avval
fan
safar
buviu
vol
faqat pufak
Ifodali o'qing!
OTA-ONA
Ota-ona --- ikki so'z,
Biri qosh-u, biri ko'z.
Bir-biridan qimmatli,
Mehri daryo himmatli.
Ular o'zin o'ylamas,
Farzandi sog' bo'lsa bas...
(Tolib Yo'ldosh)
3-topshiriq. Suhbatni o'qing va shu asosda o'zaro
suhbatlashing.
SUHBAT
--- Assalomu alaykum, amaki!
--- Vaalaykum assalom, qizim!
--- Amaki, bilasizmi, 5-uy qayerda?
--- Ha, bilaman, ana u chap tomondagi 5-uy.
--- Rahmat, amaki!
--- U yerda kim yashaydi, qizim?
--- U yerda mening dugonam Vasila yashaydi.
--- Xayr, yaxshi bor.
33
2-mashq. Nuqtalar o'rniga savollar qo'yib, gaplarni
ko'chiring va og'zaki javob bering.
1. Dadam ... ketdilar?
2. ... buvimni ko'rgani boradi?
3. Xolam ... keladilar?
3-mashq. Namunadagidek gaplar tuzing.
Kim keldi?
1.
...
... bilan
2.
...
... bilan
keldilar.
3.
...
... bilan
Namuna: Otam buvam bilan keldilar.
Yodda tuting!
Ona, ota, aka, uka, singil, xola, tog'a,
amaki, amma, bobo, buvi, nabira, qarindosh.
Uyga vazifa: «Oila» mavzusida 3--4 ta
gapdan iborat matn tuzing.
2-DARS
1-topshiriq. Ota va onangiz tomonidan qarin-
doshlaringizning nomlarini namunadagidek yozing.
Namuna:
Bu kishi --- Rasul amakim.
Oygul xola --- oyimning opalari.
3 --- O'zbek tili, 3-sinf
34
SUHBAT
--- Go'zal, sening amaking bormi?
--- Ha, amakim bor.
--- Ular qayerda ishlaydilar?
--- Ular --- shifokor. Kasalxonada ishlaydilar.
--- Sening amaking bormi?
--- Mening amakim ham, tog'am ham bor.
--- Ular qayerda yashaydilar?
--- Amakim Toshkentda, tog'am Sirdaryoda
yashaydilar.
Bilib oling!
Yoshni ifodalashda miqdor sonlarga
«yosh», «yoshda» so'zlari qo'shiladi.
MasaIan: Ukam yetti yoshda.
Onamning yoshlari qirqda.
2-topshiriq. Oila a'zolaringizning soni, kasbi, yoshlarini
ko'rsatib, gaplarni o'qing va matnni davom ettiring.
Sonlar bilan bog'langan so'zlarning ma'nosini tushuntiring.
Bizning oilamizda ... kishi bor. Biz ...
xonali uyda yashaymiz. Otam ... yoshdalar.
Ular ... bo'lib ishlaydilar. Onam ... yoshdalar.
Ular ... . Ukam ... yoshda.
3-topshiriq. Shå'rni ifodali o'qing va mazmunini
so'zlab bering.
BIZ KICHIKMIZ, SIZ KATTA
O'rmonlar bor, yaproq bor,
Daryolar bor, irmoq bor.
35
Katta-kichik do'st bo'lsa,
Yayrab-sayrab yurmoq bor.
Derlar istab yaxshilik:
«Siz kattasiz, biz kichik!»
Bo'Isin barcha hurmatda:
«Siz kichiksiz, biz katta!»...
Qo'IIarga qo'l beraylik,
Do'stlarga gul beraylik,
Salom berib kattaga,
Kichikka yo'l beraylik.
Bu hayotga teng sherik,
Siz katta-yu, biz kichik.
Yangrab ketsin albatta:
«Biz kichikmiz, siz katta!»
(Husniddin Sharipov)
1-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni
qo'yib yozing.
1. Mening aka... (-m, -ng) talaba. U yigirma
yosh... (-ga, -da). 2. Buvi... (-ng, -m) biz
bilan yashaydilar. Ularning yoshlari 72 ...
(-dan, -da). 3. Men 9 yoshda... (-siz, -man).
Uchinchi sinf... (-da, -ga) o'qiyapman. 4. Ukam
5 yosh... (-da, -ga) kirdi. 5. U bog'cha...
(-dan, -ga) boradi.
Uyga vazifa: 3-topshiriqdagi she'rni ifodali
o'qing.
36
VII. KUN TARTIBI
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida berilgan so'z va so'z
birikmalaridan foydalanib matn tuzing.
Foydalanish uchun so'zlar: ertalab turadi, yuz-
qo'lini, badantarbiya, nonushta, maktabga ketadi,
kiyinadi.
1-mashq. Savollarga og'zaki javob bering.
--- Siz soat nechada turasiz?
--- Badantarbiya qilasizmi?
--- Soat nechada nonushta qilasiz?
--- Qachon maktabga ketasiz?
Bilib oling!
Tinglovchilarga murojaat qilganda hur-
mat munosabatini ifodalash uchun hara-
37
katni bildirgan so'zlarga -siz qo'shimchasi
qo'shiladi.
Masalan: Qachon kelasiz?
Ertalab badantarbiya qilasizmi?
2-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'yib,
gaplarni o'qing.
Men ertalab soat 700 da ... (turaman,
ketaman). Badantarbiya ... (qilaman, bajara-
man). Nonushta qilib, maktabga ... (boraman,
ketaman). Maktabdan soat 1300 da ... (bora-
man, kelaman). Tushlik ... (qilaman, yeyman).
Ifodali o'qing
Men sochiqman-sochiqman
Ko'ngli doim ochiqman.
Borman har uy, har joyda,
Shayman mehnat bor joyda.
(Ziyod Komilov)
Topishmoq
Oyog'i yo'q, yuradi,
Og'zi yo'q, ammo u
qachon uxlashni,
qachon turishni,
qachon ishga borishni
aytib beradi.
Uyga vazifa: 2-mashq mazmuni asosida
tushlikdan keyin bajariladigan ishlaringiz haqida
kichik matn tuzing.
38
2-DARS
1-mashq. O'qing, ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ona
tilingizga tarjima qiling.
Akbar ertalab soat 700 da turadi. Badan-
tarbiya qiladi va yuz-qo'lini yuvadi. Akbar
nonushta qiladi va maktabga ketadi. Maktab-
dan soat 1330 da keladi va tushlik qiladi.
To'g'ri talaffuz qiling!
s va z qo'shimchasini to'g'ri talaffuz qiling.
soat
turasiz
ovqatlanasiz ziyrak
sochiq uyg'onasiz tayyorlaysiz
zarur
tasma yuvinasiz yotasiz
zirak
2-mashq. Quyidagi vagonchalardagi so'zlardan
foydalanib gaplar tuzing.
1-topshiriq. Quyidagi ko'rsatilgan vaqtlardan
foydalanib suhbat tuzing.
Namuna: Siz soat nechada turasiz?
Men soat oltida turaman.
2-topshiriq. «Klaster» usulida kun tartibingizni yozing.
Uyga vazifa: O'z kun tartibingizni yozing.
39
VIII. SANOQ
1-DARS
1-topshiriq. Raqamlarga -ta qo'shimchasini qo'shib
o'qing va rasmda tasvirlangan narsalarning nomini
qo'shib ayting.
Yodda tuting!
-ta qo'shimchasi miqdor sonlarga
qo'shilib, donalab sanalgan shaxs va
narsalarning sanog'ini bildiradi.
bir
bitta olti
oltita
ikki +ta ikkita yetti +ta yettita
uch
uchta sakkiz
sakkizta
40
to'rt +ta to'rtta to'qqiz +ta to'qqizta
besh
beshta o'n
o'nta
1-mashq. Pufaklarni sanang va namunadagidek
gaplar tuzing.
Namuna: Sariq pufaklar beshta
2-topshiriq. Matnni o'qing, raqamlarni so'z bilan
yozib, gaplarni ko'chiring.
Xonamda 2 ta stol, 4 ta stul bor. Stolning
ustida 7 ta darslik, 3 ta ertak kitobi turibdi.
Qalamdonimda 5 ta ruchka, 10 ta rangli
qalam bor. Papkamda ham 2 ta darslik, 4 ta
daftar bor.
Deraza oldiga 2 ta guldon qo'yilgan.
41
2-mashq. Rasmlar asosida savollarga javob bering
va dialogni davom ettiring.
--- Bular nima?
--- ...
...
...
.
--- Tayoqchalar nechta?
--- ...
...
...
.
--- Ko'k tayoqchalar nechta?
--- ...
...
...
.
--- Nechta bayroqcha bor?
--- ...
...
...
.
--- Sariq bayroqchalar nechta?
--- ...
...
...
.
--- Yashil bayroqchalar-chi?
--- ...
...
...
.
3-mashq. Qo'shmoq, ayirmoq so'zlari bilan na-
munadagidek gaplar tuzing.
Namuna:
To'rtga ikkini qo'shsak olti bo'ladi.
Sakkizdan uchni ayirsak besh qoladi.
Lug'at
qo'shsak --- åñëè ïðèáàâèì
ayirsak --- åñëè îòíèìåì
bo'ladi --- áóäåò
qoladi --- îñòàåòñÿ
3-topshiriq. Quyidagi suhbatni o'qing va boshqa
narsalar haqida partadoshingiz bilan shu mazmunda
suhbat quring.
--- Aziza, senda nechta kitob bor?
--- Uchta kitob bor.
--- Nodirada-chi?
42
--- Unda beshta.
--- Ayt-chi, hammasi qancha bo'ladi?
--- Sakkizta bo'ladi.
4-topshiriq. She'riy topishmoqlarni o'qib, javobini
toping.
O'YLAB TOP
Oppoq tovuq don cho'qir,
Suv ichida qorasi.
Qancha tovuq bo'ladi
Qo'shilganda olasi?
***
Oyim berdi besh anor,
O'zimda ham beshta bor.
Ukamga berdim uchta,
Sanab bilsang ayta qol,
Menda qancha anor bor?
(«Gulxan» dan)
2-DARS
1-mashq. Nuqtalar o'rniga sonlarni qo'yib, ko'chirib
yozing.
Mana ... ta daftar. Menda ... ta kitob bor.
Aziz ... ta daftar, ... ta qalam oldi. Sinfimizda
...ta o'quvchi bor. Bugun darsga ... ta o'quvchi
kelmadi.
2-mashq. Takrorlang va to'g'ri talaffuz qiling.
Mana bitta chizg'ich. Bu ikkita qalam. Bu
beshta qalam bilan qalamdon. Mana bu kitob
43
bilan daftar. Mana o'nta bola. Bu yerda
nechta qiz bola bor? Bu yerda to'qqizta qiz
bola bor.
1-topshiriq. Rasmlar asosida gap tuzing. Gaplarni
daftaringizga ko'chirib yozing.
Mana
ta olcha.
Mana bu
ta olma.
Bu
ta anor.
To'g'ri talaffuz qiling!
3-mashq. Tinglang, takrorlang va d---t tovushlarini
to'g'ri talaffuz qiling.
o'n bitta
o'n oltita
o'n ikkita
o'n yettita
o'n uchta
o'n sakkizta
o'n to'rtta
o'n to'qqizta
o'n beshta
o'nta
oltmishta
yigirmata
yetmishta
o'ttizta
saksonta
qirqta
to'qsonta
ellikta
yuzta
4-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli sonlarni qo'yib
ko'chiring.
Bu --- maktab. Bu katta maktab. Bu maktab-
da ... ta sinf bor. Sinfda ... ta qiz bola, ... ta
o'g'il bola bor. Sinfda ... ta doska, ... ta
44
stol, ... ta stul, ... ta deraza, ... ta eshik va
ta ... parta bor.
2-topshiriq. Kataklardagi sonlarni o'qib, misollarni
yeching. So'ngra vagonlarni birdan o'ngacha tartib
bilan joylashtirib, poyezd tuzing.
5-mashq. Sonlarni to'g'ri talaffuz qilib o'qing va
ular ishtirokida gaplar tuzing.
9 ta kitob
18 ta ishchi
15 ta daftar
19 ta dehqon
25 ta qiz bola
30 ta archa
20 ta o'g'il bola 40 ta bola
10 ta rasm
50 ta yulduz.
3-topshiriq. Jumboqni o'qing va javobini toping.
SIGIR HAQIDA
Hovlimizda bitta bor,
Tashqarida bittasi.
Dalada ham bitta bor,
Chopib kelar ikkitasi.
O'ynab har yoqni buzar,
Ola-bula bolasi.
Qani ayt-chi, qancha bo'lar
Sigir bilan bolasi?(«Gulxan»dan)
Uyga vazifa: Sinfingizdagi o'quvchilar, o'g'il va
qiz bolalar sonini, o'quv qurollari qanchaligini yozing.
45
IX. OZIQ-OVQATLAR
1-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan
so'zlarni lug'at daftaringizga yozing.
Bu maktab oshxonasi. Biz bu yerda ovqat-
lanamiz. Nonushtaga issiq somsa, tuxum
bilan non bo'ladi. Tushlikka qovurdoq, pa-
lov, ugra, mastava kabi ovqatlar tayyor-
lanadi. Bugun tushlikka mastava va qovurdoq
ekan. Mening qornim ochdi. Men qovurdoq
yeyman. Botir mastava ichadi. Ovqatlar juda
mazali.
Lug'at
ovqatlanamiz --- áóäåì îáåäàòü
qornim ochdi --- ïðîãîëîäàëñÿ
mastava --- ðèñîâûé ñóï
qovurdoq --- æàðêîå
ugra --- ñóï èç ëàïøè
46
2-topshiriq. Savollarga javob bering.
--- Maktabingizda oshxona bormi?
--- Oshxonada qanday ovqatlar tayyorlanadi?
--- Bugun tushlikda nima yedingiz?
--- Oshxonadagi ovqatlar mazalimi?
Bilib oling!
Ko'pchilikning ish-harakati, istaklarini
ifodalashda fe'llarga -miz qo'shimchasi
qo'shiladi. Masalan: Bugun teatrga boramiz.
To'g'ri talaffuz qiling!
-miz qo'shimchasini to'g'ri talaffuz qiling.
olamiz
tozalaymiz
yeymiz
pishiramiz
ichamiz
artamiz
1-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
1. Maktab oshxonasida ..., ..., ... tayyor-
lanadi. 2. Nonushtaga biz ..., ..., ... olamiz.
3. Tushlikda men ... yedim, ... ichdim.
4. Nilufar ... va ... oldi.
3-topshiriq. Birinchi ustundagi so'zlarni ikkinchi
ustundagi so'zlarga to'g'ri bog'lab, gaplar tuzing.
Namuna: Biz choy qaynatamiz.
47
choy
yeymiz
non
ichamiz
sharbat
pishiramiz
mastava
qaynatamiz
Uyga vazifa: «Oziq-ovqatlar» mavzusida
3--4 ta gap tuzing.
2-DARS
1-mashq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan so'z-
larni daftaringizga yozing.
Bugun biznikiga mehmon keladi. Biz palov
pishiramiz. Onam goshtni kapgirda qo-
vuryaptilar. Buvim qozonda sho'rva qilyaptilar.
Men stolga non va turli mevalarni qo'ydim.
Ovqatlar pishdi. Kapgir bilan quyuq ovqatni,
cho'mich bilan suyuq ovqatni suzdik.
Lug'at
kapgir --- øóìîâêà
qozon --- êàçàí
pishmoq --- ñîçðåâàåò
cho'mich --- ïîëîâíèê
quyuq --- ãóñòîé
suyuq --- æèäêèé
To'g'ri talaffuz qiling!
ch va j tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
chaman chizma javob jajji
chiziq achchiq jasur jo'ja
chet
cho'mich juda
mo'jiza
48
2-mashq. Quyidagi so'zlarni tartib bilan qo'yib,
gap tuzing.
1. Ovqatlanaman, men, oshxonada.
2. Qovurdoq, achchiq-chuchuk, olaman, bilan.
3. Mazali, ovqatlar, juda.
1-òopshiriq. Qavs ichidagi so'zlardan mosiga
tegishli qo'shimchalarni qo'yib, gaplarni ko'chiring.
Onam (qozon, kosa) palov pishirdilar. Buvim
(tova, qozon) menga quymoq pishirdilar. Men
(kapgir, pichoq) bilan nonni kesdim. Stolda
(tuzdon, chelak) bor. Otam (piyola, likopcha)
choy ichdilar. Ukam (qoshiq, sanchqi) bilan
kartoshka yedi.
3-mashq. Quyidagi so'zlarga -miz qoshimchasini
qo'shib, gaplar tuzing.
ovqatlanaman, yeyman, olaman, ichaman.
Namuna: Biz sharbat ichamiz.
4-mashq. Gaplar asosida savollar tuzing.
Buvim duxovkada non pishiryaptilar. Otam
pichoq bilan sabzi to'g'rayaptilar. Onam kapgir
bilan kartoshka qovuryaptilar. Men qirg'ichda
olmani qiryapman.
Uyga vazifa: Oziq-ovqat va idish-tovoq
nomlariga oid 4 ta topishmoq yozing.
49
X. KIYIM-KECHAKLAR
r
a
l
m
i
y
i
k
h
s
o
Br
a
l
m
i
y
i
k
t
s
Ur
a
ll
a
z
b
a
y
o
P
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida kiyim-kechaklarning
nomini yozing.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarni tartib bilan qo'yib,
gaplarni yozing.
Namuna: Qishda etik kiyaman.
chiroyli
qalpog'imni
kiydim
oppoq
mening
ko'ylagim
palto
Go'zal
kiydi
4 --- O'zbek tili, 3-sinf
50
1-mashq. Matnni o'qing. Mazmunini so'zlab bering.
KIYIM-KECHAK DO'KONIDA
Men kecha onam bilan kiyim-kechak
do'koniga bordim. U yerda turli kiyimlar ko'p
ekan. Onam menga issiq kiyimlardan kurtka,
shapka va etik olib berdilar. U yerda boshqa
o'rtoqlarimni ham ko'rdim. Ular ham o'zlariga
turli kiyimlar sotib oldilar.
Lug'at
kiyim-kechak --- îäåæäà
do'konga bordik --- ïîøëè â ìàãàçèí
turli --- ðàçíûé
issiq kiyim --- òåïëàÿ îäåæäà
sotib oldik --- êóïèëè
bosh kiyim --- ãîëîâíîé óáîð
Bilib oling!
Ish-harakatning yo'nalishi -ga qo'shim-
chasi yordamida ifodalanadi.
Masalan: Nargiza uyga ketdi.
Oyog'ingga etik kiygin.
2-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying.
Men bugun ... (issiq, yengil, qalin) kiyindim.
Yozda odamlar ... (yengil, issiq, yupqa)
kiyinadilar. Bolalar ... (ob-havoga, yomg'irga,
qorga) qarab kiyinishlari kerak.
Uyga vazifa: 1-mashq asosida savol tuzing
va javob yozing.
51
2-DARS
1-topshiriq. She'rni ifodali o'qing.
DO'PPI KIYGAN BOLA
Do'ppisin kashtasida
Aks etadi tilim oy,
Tepasida nur sochib
Turar go'yo so'lim oy.
Do'ppi kiygan bolaning
Yo'IIari yorqin bo'lar.
Mehr to'la yuragi
Xalqiga yaqin bo'lar.
(Qambar Ota)
To'g'ri talaffuz qiling!
-ing va -ing+ga qo'shimchalarini to'g'ri
talaffuz qiling.
boshing
boshingga
usting
ustingga
oyog'ing
oyog'ingga
do'sting
do'stingga
1-mashq. Qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini
qo'yib, gaplarni daftaringizga ko'chiring.
1. Bu ro'mol (-ka, -ing) juda chiroyli.
2. Do'kondan ukam (-ing, -ga) issiq kiyim-
kechaklar oldik. 3. Qor yog'sa, qol (-ing,
52
-ingga) nima kiyasan? 4. Boshi (-ga, -ing)
do'ppi kiygan qiz Aziza ekan. 5. Nimcha (-ng,
-ga) tor bo'lsa, ukang (-ingga, -ga) bergin.
2-mashq. Savollarga javob yozing.
1. Kuzda qanday kiyinamiz?
2. Qishda-chi?
3. O'g'il bolalar kiyimlarini ayting.
4. Qiz bolalar kiyimlarini ayting.
2-topshiriq. Topishmoqlarni o'qing.
Kunduzi himoya qiladi,
Kechasi qoziqda turadi.
Bordir beshta barmog'i,
Ko'rinmaydi tirnog'i.
Bosh ustida chambarak,
Chambarakda kapalak.
Boshingdagi boshpana,
Qish-qirovda gulxona.
Uyga kirsang,
Ortingda qoladi.
Erta turdi,
Ikki ayri yo'lga tushdi.
Uyga vazifa: Topishmoqlarni yod oling.
53
XI. QISH KELDI
1-DARS
1-topshiriq. Rasmlar asosida berilgan savollarga
javob bering.
Bu nima?
Nima qilyapti?
yog'yapti.
Anvar
uchyapti.
Bilib oling!
Ish-harakatning nutq so'zlanayotgan
paytda sodir bo'layotganligi -yapti qo'-
shimchasi vositasida ifodalanadi.
Masalan: Yomg'ir yog'ayapti. Sha-
mol esayapti.
54
2-topshiriq. i va y tovushlarini to'g'ri talaffuz
qiling va so'zlarni eslab qoling.
ism
kiyim yil
ayvon
iliqt
iniq
yigit
uyum
ilgak nima yaxmalak paypoq
ipt
illa
yangi
toymoq
1-mashq. Rasmlar o'rniga so'zlarni qo'yib, gaplarni
ko'chiring.
1. Kun sovuq bo'ldi va qor yog'di.
2. Bolalar
,
,
va
kiydilar.
3. Karim va Aziza
yasashdi.
4. Qodir
tortdi.
5. Akam
uchishni o'rgatdi.
3-topshiriq. Suhbatni o'qing, i va y tovushlarini
to'g'ri talaffuz qiling. Shu mavzuda o'zaro suhbatlashing.
SUHBAT
--- Anvar, qo'lqop kiydingmi?
--- Ha, qo'lqop kiydim.
--- Dilbar, sen-chi?
55
--- Qo'lqopimni topolmadim.
--- Qo'lqoping stol ustida-ku!
--- Rahmat, oyijon.
--- Boshingga qalpoq kiymaysanmi?
--- Albatta kiyaman, axir qor yog'yapti.
--- To'g'ri, shunday qilsang, shamollab qol-
maysan.
2-mashq. Matnni o'qing va ajratilgan so'zlardan
foydalanib, berilgan savollarga javob yozing.
Qish keldi va havo sovidi. Kecha qor
yog'di. Atrofni oppoq qor qopladi. Suvlar
muzlab, yaxmalak bo'ldi. Bolalar xursand
bo'ldilar. Hammaning ustida palto yoki kurtka,
boshida qalpoq, qo'lida qo'lqop, oyog'ida
etik. Komil konki uchyapti. Qizlar qorbobo
yasayaptilar. O'g'il bolalar chana uchishyapti.
Savollar:
1. Nima uchun havo sovidi?
2. Atrofni nima qopladi?
56
3. Bolalar qanday kiyimlar kiydilar?
4. Qizlar nima yasayaptilar?
5. O'g'il bolalar nima uchyaptilar?
Lug'at
sovimoq --- ïîõîëîäàòü
atrof --- âîêðóã
qoplamoq --- ïîêðûòü
muzlamoq --- çàìåðçàòü
yaxmalak --- êàòîê, ãîëîëåä
qalpoq --- êåïêà, øàïêà
qo'lqop --- ïåð÷àòêè, âàðþøêè
etik --- ñàïîãè
tepalik --- õîëì; ãîðêà
Uyga vazifa. Topishmoqlarni o'qing, javobini
topib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
1. Makoni osmon, dengiz,
Kemadek suzar izsiz.
Qor, yomg'irga serob u,
Nima ekan, top-chi bu --- ...
2. Uni kiyib qo'limizni asraymiz,
Qor yog'ganda qorbobolar
yasaymiz.
Qani do'stim, uning nomi nima, top
Qishda doim hamroh bo'lur, u --- ...
3. Boshingga kiysang agar,
Qishda sovuqdan asrar.
Nomini aytgin o'rtoq,
Uning nomi-chi, ...
57
XII. YANGI YIL BAYRAMI
1-DARS
1-topshiriq. She'rni o'qing va rasm asosida uning
mazmunini so'zlab bering.
ARCHA QO'SHIG'I
Salom senga ko'k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan, go'zalsan.
Atrofingda aylanib,
Qo'shiq aytib quvnaymiz.
Har birimiz qo'l berib,
Yangi yilni qutlaymiz.
(Zafar Diyor)
58
Bilib oling!
Ish-harakat o'tgan shaxs, narsa-buyum,
voqea-hodisa -ni qo'shimchasi vositasida
ifodalanadi.
Masalan: Qorboboni ko'rdim. Niqob-
ni kiydi.
1-mashq. b va p tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling
va so'zlarni eslab qoling.
baho
obbo
past
do'ppi
barpo
niqobp
ufak oppoq
bilim
kabobp
ushti xo'p
bugun betobp
o'lat o'pka
2-mashq. Rasmlar o'rniga so'zlarni qo'yib, gaplarni
ko'chiring.
1. Dadam
olib keldilar.
2. Archani turli
bilan bezadik.
3. Abror
,
niqoblarini sotib oldi.
4. O'qituvchimiz
bo'ldilar va sovg'a
berdilar.
5. Barno
bo'lib, qo'shiq aytdi.
59
2-topshiriq. Matnni o'qing. b va p tovushlari
bo'lgan so'zlarni topib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Maktabimiz zaliga archa o'rnatdilar. Biz
archani rangli pufaklar bilan bezadik. Turli
qo'g'irchoqlar rasmini osdik. Keyin yangi yil
bazmi boshlandi. Niqob kiygan bolalar archa
atrofida o'ynadilar. Gulnoza she'r aytdi, G'ofir
qo'shiq kuyladi. Yalmog'iz kampir supurgi
minib, Qorqizni quvladi. Biz Qorqizni qutqardik
va Qorbobo bizga sovg'a berdi.
Lug'at
o'rnatmoq --- óñòàíîâèòü
bazm --- òîðæåñòâî
chiroyli --- ïðåêðàñíî,
niqob --- ìàñêà
êðàñèâûé
Yalmog'iz kampir ---
bezamoq --- óêðàøàòü
Áàáà-ÿãà
osmoq --- ïîâåñèòü
supurgi --- âåíèê
yangi --- íîâûé
sovg'a --- ïîäàðîê
3-topshiriq. Suhbatni rollarga bo'lib o'qing va
davom ettiring. Unda b va p tovushli so'zlarni qo'llang,
to'g'ri talaffuz qiling.
--- Gulnora, senga archa bayrami yoqdimi?
--- Ha, men archa bayramini yaxshi ko'raman.
--- Kim Qorbobo bo'ldi. G'iyos akami?
--- Yo'q, Turg'un aka Qorbobo bo'ldilar.
--- Qorqiz-chi?
--- Gulmira Qorqiz bo'ldi. Yangi yil qo'shig'ini
aytdi.
--- Kim Yalmog'iz bo'ldi?
--- ...
...
...
.
Uyga vazifa. 1-topshiriqdagi she'rni yod oling.
60
2-DARS
1-mashq. Rasmlar asosida savollarga javob yozing.
Bolalar nima qilishyapti?
Akrom qanday niqob kiygan?
Qorboboning qo'lida nima bor?
Yalmog'iz nima qilyapti?
1-topshiriq. She'rni ifodali o'qing. b va p tovushlari
qatnashgan so'zlarning ma'nosini ayting.
YAM-YASHIL ARCHA
Tashqarida qish,
Yam-yashil archa.
Dillarda bahor,
Quvnaydi barcha.
Rosa bezanib,
Ketibsan boyib.
O'yinchoqlaring
Go'zal, g'aroyib.
Yulduzlar misol
Chirog'ing porlar.
61
Quvnoq davraga
Hammani chorlar.
Sha'ningga dildan
Qo'shiqlar kuylab,
Archajon, senga
Beramiz o'ynab.
(Qambar Ota)
2-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi so'zlardan
mosini qo'yib o'qing va gaplarni ko'chiring.
1. Maktabda ... (yangi, eski) yil bayrami
bo'ldi. 2. Archa juda ... (xunuk, chiroyli) va ...
(katta, kichik) edi. 3. Bolalar quyon, tulki,
ayiq ... (niqob, rasm)ini kiyib o'ynadilar. 4. ...
(Qorbobo, Yalmog'iz kampir) bolalarga ...
(ovqat, sovg'a) berdi. 5. ... (quyon, Qorqiz)
raqsga tushdi.
2-topshiriq. Rasmlarga qarab, Bu nima?, Nima
qildi? so'roqlari asosida namunadagidek suhbatlashing.
Namuna: Bu pufak. Pufakni archaga osdi.
Bu nima?
Nima qildi?
62
3-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni
qo'yib, daftaringizga yozing.
1. Qishki ta'til... bolalar chana uchadilar.
2. Archa bayrami... mehmonlar keladi. 3. Qor-
bobo bolalar... sovg'a beradi. 4. Bolalar qishki
ta'til... ko'p o'yinlar o'ynaydilar.
3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va mazmunini
so'zlab bering.
QISHDA
Rosa maza qish,
Qorlari kumush.
Oq kiygan atrof,
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz,
Goho qorbo'ron
O'ynab kim chaqqon
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.
(Narimon Orifjonov)
Uyga vazifa. 3-topshiriqdagi she'rni yod
oling.
63
XIII. UY HAYVONLARI VA
PARRANDALAR
1-DARS
1-mashq. Rasmlar asosida lug'atdagi so'zlardan
foydalanib, namunadagidek gaplar tuzing.
--- Bu nima?
--- Bu sigir.
--- U nima qiladi?
--- U sut beradi.
Qo'y (jun va
Echki (sut va
go'sht bermoq)
go'sht bermoq)
Ot (yuk tashimoq) It (uyni qo'riqlamoq)
64
Lug'at
sigir --- êîðîâà
echki --- êîçà
sut --- ìîëîêî
it --- ñîáàêà
qo'y --- áàðàí
go'sht --- ìÿñî
jun --- øåðñòü
yuk tashimoq --- òàùèòü ãðóç
ot --- ëîøàäü
qo'riqlamoq --- îõðàíÿòü
1-topshiriq. Matnni o'qing, uy hayvonlari va ularning
bolalari nomini eslab qoling.
Tog'am qishloqda yashaydilar. Ular uy
hayvonlarini boqadilar. Tog'am ularni menga
ko'rsatdilar. Bu ot, uning bolasi --- toychoq.
Bu sigir, uning bolasi --- buzoq. Bu qo'y, uning
bolasi --- qo'zichoq. Bu itimiz Olapar, uning
bolalari --- ikkita kuchukcha ham bor.
Bilib oling!
-cha, -choq qo'shimchalari shaxs,
hayvon va narsalarni bildiruvchi so'zlarga
qo'shilib, ularni kichraytirish-erkalash ma'-
nolarini ifodalaydi.
2-mashq. Matn mazmuni asosida quyidagi gaplarni
to'ldiring va daftaringizga ko'chiring.
Otning bolasi ---
...
.
Sigirning bolasi ---
...
.
Qo'yning bolasi ---
...
.
Itning bolasi ---
...
.
Echkining bolasi ---
...
.
Mushukning bolasi ...
.
65
2-topshiriq.
-cha, choq qo'shimchasini olgan
so'zlarni to'g'ri talaffuz qiling va eslab qoling.
mushukcha
toychoq
kuchukcha
qo'zichoq
uloqcha
buzoqcha
SUHBAT
--- Amaki, sigiringiz bormi?
--- Ha, sigir boqaman.
--- Ayting-chi, u nima yeydi?
--- Sigir o't va yem yeydi.
--- Ot, qo'y va echkilar nima yeydi?
--- Ular ham o't va yem yeyishadi.
--- Itga nima berasiz?
--- Itimga ovqat va suv beraman.
3-topshiriq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib,
ko'chiring. O'zingiz bilgan (boqqan) uy hayvoni haqida
shunday gaplar tuzib, matnni davom ettiring.
Uyimizda bitta qo'y va uning ikkita qo'zi-
chog'i bor. Men qo'y va qo'zichoqlarga suv,
beda va yem beraman. Ularni boqishni yaxshi
ko'raman.
4-topshiriq. She'rni ifodali o'qing, mazmunini so'z-
lab bering.
SIGIRIM
Sigirimni boqaman
--- Mazza qilib maysa yer,
5 --- O'zbek tili, 3-sinf
66
Dadamga ham yoqaman ---
«Barakalla, o'g'lim», der.
Sigiri bor har uyga
--- Baraka-yu, qut kelar,
Mehnatimga rahmat deb ---
Chelak-chelak sut berar.
(Habib Rahmat)
Uyga vazifa. 4-topshiriqdagi she'rni yod
oling.
2-DARS
1-topshiriq. Rasm ostidagi so'zlardan foydalanib,
namuna asosida «U nima qilyapti?» so'rog'iga javob
bering.
Namuna: Bu --- tovuq. Tovuq don yeyapti.
Tovuq
don yemoq
O'rdak
suzmoq
67
Kurka
suv ichmoq
Xo'roz
qichqirmoq
Lug'at
tovuq --- êóðèöà
suzmoq --- ïëàâàòü
don --- çåðíî
ichmoq --- ïèòü
yemoq --- êóøàòü, åñòü xo'roz --- ïåòóõ, ïåòóøîê
o'rdak --- óòêà
kurka --- èíäþê
1-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
1. O'rdaklar ... (yo'l, suv)da suzadi.
2. Qo'shnimizning ... (tovuq, mushuk)lari don
yeyapti. 3. Nodir ... (xo'roz, tovuq)
qichqirganini eshitdi. 4. ... (qo'y, kurka)ning
bo'yni uzun. 5. Uy parrandalari ... (go'sht,
don) yeydi.
68
2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing, xo'roz nima
deganini aytib bering.
XO'ROZ
Qichqiraman quyosh ham
Chiqmay o'z yotog'idan,
Shunga o'rgatgan Botir
Chaqaloqlik chog'imdan.
Uyg'onar, tez yuvinar,
Men qichqirganim zamon
Dadasi bilan berar
Do'stlarning suv-u donin.
Menga tegma, Olapar,
Botirning xo'roziman.
Meni hurmat qilsanglar,
Xizmatimga roziman.
(Abdulla Jabbor)
2-mashq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan so'zlar
ishtirokida gaplar tuzing.
Hovlimizda o'nta tovuq va bitta xo'roz boqa-
miz. Maktabdan kelib, ularga suv va don
beraman. Tovuqlarim tuxum beradi. Qora tovuq
jo'ja ochdi. Ona tovuq va jo'jalarga yangi
uycha yasadik. Qo'shnimiz esa o'rdak boqadi.
O'rdakchalar bog'dagi hovuzchada suzishadi.
Ular oppoq va chiroyli.
Lug'at
tuxum --- ÿéöî
qo'shni --- ñîñåä
qora --- ÷¸ðíûé
hovuzcha --- ïðóä
jo'ja --- öûïë¸íîê
oppoq --- áåëûé, áåëåíüêèé
69
3-topshiriq. Savollarga javob bering.
--- O'rdak nima yeydi?
--- ...
...
...
.
--- Jo'jalar nima yeyishadi?
--- ...
...
...
.
--- Tovuq nima beradi?
--- ...
...
...
.
--- O'rdakchalar qayerda suzadi?
--- ...
...
...
.
3-mashq. Jadvalni daftaringizga ko'chiring va to'ldiring.
m
e
y
a
v
t
'
O
n
a
g
i
d
y
e
y
r
a
l
n
o
v
y
a
h
a
v
t
a
q
v
O
-
i
d
y
e
y
t
h
s
'
o
g
r
a
l
n
o
v
y
a
h
n
a
g
-
e
b
t
u
Sn
a
g
i
d
a
r
r
a
l
n
o
v
y
a
h
m
u
x
u
Tn
a
g
i
d
a
r
e
b
r
a
l
a
d
n
a
r
r
a
p
Uyga vazifa. Topishmoqlarni toping va ularning
javobini bildirgan so'zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1. Boshi taroq,
Dumi o'roq.
2. Hovlida ko'p xizmati,
Ovqatda yo'q izzati.
3. Onasi aytar: qu-qu,
Bolasi aytar: chi p-chi p.
4. Quyon emas, uzunquloq,
Ot emas, temir tuyoq.
70
XIV. YOVVOYI HAYVONLAR
VA QUSHLAR
1-DARS
1-topshiriq. Rasmda tasvirlangan hayvonlar nomini
ayting.
1-mashq. Yovvoyi hayvonlar haqida namunadagidek
gaplar tuzing.
Namuna: Bu --- yo'lbars. U o'rmonda
yashaydi.
Bu timsoh. U ...
...
.
Bu kiyik. U ...
...
.
Bu quyon. U ...
...
.
Bu oq ayiq. U ...
...
.
71
Lug'at
yo'lbars --- òèãð
fil --- ñëîí
timsoh --- êðîêîäèë
bo'ri --- âîëê
kiyik --- îëåíü
tulki --- ëèñà
quyon --- çàÿö
olmaxon --- áåëêà
ayiq --- ìåäâåäü
yashamoq --- ïðîæèâàòü
Bilib oling
Ham, xuddi so'zlari ta'kidlash, qiyos-
lash-o'xshatish ma'nolarini ifodalashda
qo'llanadi.
Masalan: Filni Ahror ham ko'rgan.
Boyo'g'li xuddi burgutday chaqqon.
2-mashq. Matnni o'qing va mazmunini so'zlab
bering. k va q harfli so'zlarni daftaringizga ko'chiring.
Yovvoyi hayvonlar tabiat bag'rida yashaydi.
Òimsoh suvda yashaydi. Kaklik kulrang
qush. U tog'da yashaydi. Qushlar daraxt shox-
lariga qo'nadi. Ba'zi yovvoyi hayvonlar qo'riq-
xonalarda boqiladi. Yo'lbars ham bo'ri kabi
go'sht yeydi. Sher xuddi yo'lbars kabi yirtqich.
Kiyik esa yuvosh hayvon. U xuddi kenguru
kabi tez chopadi.
Lug'at
tabiat bag'rida ---
íà ëîíå ïðèðîäû
kulrang --- ñåðûé
shox --- âåòêà
qo'nmoq --- ñàäèòüñÿ
qo'riqxona --- çàïîâåäíèê
yirtqich --- õèùíèê
yuvosh --- ñìèðíûé
chopmoq --- áåãàòü
72
3-mashq. Qavs ichidagi so'zlardan mosini qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
1. Bo'ri ham (timsoh, tulki) kabi to'qayda
yashaydi. 2. Bug'u xuddi (fil, kiyik)day, ammo
shoxi katta. 3. Olmaxon ham (ayiq, maymun)day
chaqqon. 4. Ayiqning oyoqlari xuddi (fil,
quyon)nikiday baquvvat. 5. Akula ham (yo'lbars,
kit) kabi dengizda yashaydi.
Yodda tuting!
FiI o'rmonda (qayerda?) yashaydi. Sigir
uyda (qayerda?) boqiladi.
2-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Qayerda hayvonlar ko'p bo'ladi?
2. Tuya qayerda yashaydi?
3. Kamayib qolgan hayvonlar qayerda saqla-
nadi?
4. Kiyikni qayerda ko'rgansiz?
5. Echki qayerda boqiladi?
3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing, mazmunini so'z-
lab bering.
QUYON
O'rtoqlarim ismimni
Ziyrak Quyon deydilar.
Bo'ri yurgan yo'llarga
Ko'zi giryon deydilar.
73
Bo'ridan-ku qo'rqmayman,
Afti uning tasqara.
Qachon ko'rsam, hammaga
Bo'lib yurar masxara.
O'sha Bo'ri o'zini
Chopag'on deb o'ylaydi.
Menga «Senmi, shoshmay tur!»
Deyishini qo'ymaydi.
(Abdurahmon Akbar)
Uyga vazifa. 3-topshiriqdagi she'rni yodlang.
2-DARS
1-mashq. Rasmlardagi qushlar nomi, rangi va
sanog'ini ko'rsatib, namunadagidek gaplar tuzing.
Namuna:
Bu kaptar. Uning
rangi oq. U bitta.
74
Lug'at
chumchuq --- âîðîáåé oqqush --- ëåáåäü
kaklik --- êóðîïàòêà
burgut --- îð¸ë
laylak --- àèñò
qaldirg'och --- ëàñòî÷êà
turna --- æóðàâëü
musicha --- ãîðëèíêà
kabutar --- ãîëóáü
1-topshiriq. Matnni o'qing, shu asosida o'zingiz
qushlarni qanday boqishingizni aytib bering.
Nodir qushlarni juda yaxshi ko'radi. Hovli-
sida juda ko'p qush boqadi. Dadasi esa
bedana boqadi. Uni qafasga solib, ko'tarib
yursa bo'ladi.
Aziz esa kaptarlarni yoqtiradi. Har kuni ularni
uchiradi. Uning kaptarlari baland uchadi. Keyin
hushtak chalib chaqiradi, ayvonga don sepadi.
Singlisi Nasiba to'tilarga qaraydi. Ular qa-
fasda. Nasiba qafasni ochib, to'tilarga suv va
don beradi.
Lug'at
qafas --- êëåòêà
don --- çåðíî
ko'tarmoq --- ïîäíÿòü
ayvon --- âåðàíäà
uchirmoq --- äàòü
sepmoq --- ñûïàòü
âîçìîæíîñòü óëåòåòü
2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing. k, q, g' tovush-
larini to'g'ri talaffuz qiling. She'r mazmunini so'zlab
bering.
YAXSHI SO'Z
Uchrashib qoldi,
Burgut va kaptar. Biri-biridan
Hol-ahvol so'rar:
75
--- Nima gap tog'da?
--- Tinchlik tog'larda!
--- Nima gap bog'da?
--- Tinchlik bog'larda!
(Habib Rahmat)
2-mashq. Nuqtalar o'rniga gap mazmuniga mos
so'zlarni qo'ying va gaplarni ko'chiring.
1. Musicha ...(ga) in qo'ydi. 2. Bulbul ...(ga)
qo'nishni yaxshi ko'radi. 3. Erkin ...(ga) in
o'rnatdi. 4. Dildora sa'vani ...(ga) soldi.
5. Lochin ...(ga) qo'na oladimi?
Foydalanish uchun so'zlar: qafas, daraxt, gul,
ayvon, suv.
SUHBAT
--- Abror, sen to'ti boqasanmi?
--- Ha, ikkita to'tim bor.
--- Ular nima yeydi?
--- To'tilar don yeydi.
--- To'tilaring sayraydimi?
--- Albatta, ular yoqimli sayraydi.
Sen ham qush boqasanmi?
--- Ha, kaptarlarim bor, beshta.
--- Ular qafasdami?
--- Ularga katta uycha yasaganmiz.
Dil ravshan tortib,
Chaqnar edi ko'z.
Hammaga yoqar
Tinchlik degan so'z.
76
3-mashq. Rasmlardagi hayvon, parranda va
qushlarning nima qilishini ayting.
Namuna: Musicha uchadi. Qurbaqa sak-
raydi.
Foydalanish uchun so'zlar: yurmoq, uchmoq,
suzmoq, qo'nmoq, sakramoq, yugurmoq, sayramoq.
Lug'at
uchmoq --- ëåòàòü
sakramoq --- ïðûãàòü
suzmoq --- ïëàâàòü
sayramoq --- ïåòü
qo'nmoq --- ïðèçåìëÿòüñÿ yugurmoq --- áåæàòü
Uyga vazifa. 3-mashqda tasvirlangan hay-
vonlar haqida kichik hikoya tuzing.
77
XV. HAYVONOT BOG'IDA
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida savollarga javob bering.
1. Hayvonot bog'iga kim bilan bordingiz?
2. U yerda qanday hayvonlarni ko'rdingiz?
3. Qafasda qanday hayvonlar bor ekan?
4. Qanday qushlarni ko'rdingiz?
Foydalanish uchun so'zlar: akam bilan, yovvoyi
hayvonlar, bo'ri, kiyik, sher, to'ti, burgut, tovus va
boshqa, katta, yuribdi, tomosha qildim.
1-mashq. Matnni o'qing, mazmunini qayta hikoya
qiling: ekan so'zi qatnashgan gaplarni daftaringizga
ko'chiring.
Dadam, oyim va men hayvonot bog'iga
bordik. Qafaslarda turli hayvonlar bor ekan.
Mana ayiq, yonida ikkita ayiqcha ham bor.
Tulki inidan boshini chiqarib turibdi. Katta
78
qafasda kiyiklar bor ekan. Ularning shoxi
kalta. Hovuzda uchta timsohni ko'rdim. Yoni-
dagi qafasda quyonchalar yuribdi. Quyoncha-
larning rangi oq va qora.
Lug'at
hayvonot bog'i --- çîîïàðê
in --- ãíåçäî
qafas --- êëåòêà
shox --- ðîãà
rangi --- öâåò
Bilib oling!
Ilgari bo'lib o'tgan voqea-hodisalarni
hikoya qilishda edi, ekan, emish to'liqsiz
fe'llari ishlatiladi.
Masalan: Abror kecha hayvonot bog'i-
ga borgan edi. Umida bo'rini ko'rgan ekan.
2-mashq. Qavs ichidagi so'zlardan mosini qo'yib,
gaplarni ko'chirib yozing va ona tilingizga tarjima
qiling.
1. Yakshanba kuni singlim bilan (maktabga,
hayvonot bog'iga) borgan edik.
2. Hayvonot bog'ida ko'p (mashinalar, hay-
vonlar) bor ekan.
3. Katta timsoh (tuproqda, suvda) suzar
edi.4. Bir (qafasda, tog'da) maymun bolalari
bilan yashar ekan.
5. Katta qafasda chiroyli (kiyik, to'ti) sayrar
edi.
79
2-topshiriq. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni
ayting. Shunga qarab, quyida berilgan hayvon nomlarini
ustunchalarga ajratib yozing.
Olmaxon, kiyik, sher, tulki, sigir, begemot,
maymun, bo'ri, yo'lbars, ot, ho'kiz, jirafa,
quyon, ti pratikan, ayiq, qo'y, bug'u, echki,
kuchuk, eshak, kenguru, mushuk, to'ng'iz,
tuya, fil.
3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va mazmunini
so'zlab bering.
ECHKI VA ESHAK
Echki kiyibdi etik,
Yana bo'libdi tetik.
Kiyibdi to'rt oyoqqa,
Chopqillabdi har yoqqa.
Eshak qilibdi havas,
Ammo etik topilmas.
Har kun bozor boribdi,
Òopolmasdan horibdi.
Alam qilib tobora,
Yurar eshak bechora.
Eshak, eshak, bechora,
Etik uchun ovora.
(Po'lat Mo'min)
Uyga vazifa: Hayvonot bog'ida o'zingiz
ko'rgan qushlar nomini alifbo tartibida yozing.
80
2-DARS
1-topshiriq. Suhbatni rollarga bo'lib o'qing va
davom ettiring.
SUHBAT
Hayvonot bog'ida
--- Salom Rahim!
--- Salom Hamida!
--- Sen nimalarni ko'rding?
--- Men ayiq va bo'rini ko'rdim.
Sen-chi?
--- Men quyon bilan tulkini ko'rdim.
--- Qanaqa ayiqni ko'rding?
--- Oq ayiqni ko'rdim.
--- Bo'ri qanday ekan?
--- Bo'ri qo'rqinchli ekan.
1-mashq. Berilgan so'zlarni tartib bilan qo'yib,
gaplar tuzing.
1. Katta, bor, shahrimizda, hayvonot bog'i.
2. Chiroyli, qafasdagi, ekan, to'tilar.
3. Xartumi, uzun, edi, o'sha filning.
4. Ikkita, yurgan ekan, bog'da, tovus.
2-topshiriq. Ertakni o'qing va mazmunini so'zlab
bering.
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir it bor
ekan. U juda ochko'z ekan.
81
Bir kuni shu it sheriklari bilan talashib,
katta suyakni olib qochibdi. Suvdan o'taman
desa, suvda bir it og'zida suyak tishlab, unga
qarab turgan ekan. It: «Irr-ir», --- deb tishini
irjaytirgan ekan, suv ichidagi it ham tishini
irjaytiribdi.
Qizg'anchiq it uning og'zidagi suyakni ham
olmoqchi bo'libdi. «Hap» deb itga tashlanibdi.
«Hap» deyishi bilan og'zidan suyak suvga
tushib ketibdi. Shunday qilib, qizg'anchiq it
suyagidan ayrilgan ekan.(O'zbek xalq ertagi)
Lug'at
ochko'z --- æàäíûé
sherik --- çäåñü: ñîáðàò,
ñîðîäè÷
qizg'anchiq --- ðåâíèâûé
og'zida --- âî ðòó
suyak --- êîñòü
irjaymoq --- ñêàëèòü
tashlanmoq --- áðîñàòü
ayrilmoq --- òåðÿòü
6 --- O'zbek tili, 3-sinf
82
Òo'g'ri talaffuz qiling!
m---n tovushlarini to'g'ri talaffuz qiling.
maymun ammo novcha tandir
mushuk omon
narvon tanga
momiq
tamomn
inachi qo'ng'iz
mumkin tamg'a nozik
qanot
2-mashq. Savollarni o'qing va javob bering.
Javoblarni daftaringizga yozing.
--- Hayvonot bog'i qayerda joylashgan?
--- ...
...
...
.
---Yovvoyi hayvonlar nimada saqlanadi?
--- ...
...
...
.
--- Hayvonot bog'ida qanday qushlar bor
ekan?
--- ...
...
...
.
--- Hayvonlarni nima bilan boqishadi?
--- ...
...
...
.
3-mashq. Berilgan rasmlar asosida va o'zingiz
ko'rgan multfilmdagi hayvonlarni ta'riflab, namuna-
dagidek gaplar tuzing.
Namuna: Jerrining dumi uzun. U botir
va chaqqon.
Uyga vazifa: Hayvonot bog'ini tasvirlab, kichik
matn tuzing.
83
XVI. OB-HAVO
1-DARS
1-topshiriq. Rasmlar asosida gaplar tuzing.
2-topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini so'zlab
bering. Ajratilgan so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing.
OB-HAVO
Bugun havo ochiq. Ertalab salqin bo'ldi.
Tushga kelib havo isidi. Kechga borib
osmonda bulut paydo bo'ldi.
Ob-havo tez-tez o'zgarib turadi.
Bahor, yoz, kuz va qish fasllarining ob-
havosi bir-biridan farq qiladi.
84
Lug'at
havo ochiq --- ïîãîäà ÿñíàÿ
salqin bo'ldi --- ñòàëî ïðîõëàäíî
isidi --- ïîòåïëåëî
bulut paydo bo'ldi --- ïîÿâèëàñü òó÷à
o'zgarib turadi --- èçìåíÿåòñÿ
farq qiladi --- ðàçëè÷àåòñÿ
1-mashq. Nuqtalar o'rniga berilgan so'zlardan
mosini qo'yib, gaplarni to'ldiring.
Foydalanish uchun so'zlar: havo, iliq, salqin,
shabada, qoplandi, sovuq, issiq.
Ertalab ... ochiq bo'ldi. Osmon bulut bilan
...
. Mayin ... esmoqda. Kechalari havo ...
bo'ladi. Kunduzi ... bo'ladi. Ko'cha ..., uy esa
...
.
Yodda tuting!
Payt ma'nosini bildiruvchi so'zlar:
hozir
ertalab
bugun
kunduzi
kechasi kechqurun
85
2-mashq. Vaqtni bildiruvchi so'zlar yordamida 4 ta
gap tuzing.
Namuna: Kechqurun havo salqin bo'ldi.
3-topshiriq. Suhbat matnini o'qing, partadoshingiz
bilan ob-havo haqida suhbatlashing.
SUHBAT
--- Aziza, hozir qaysi fasl?
--- Hozir bahor fasli.
--- Nodir, ayt-chi, bahorda ob-havo qanday
bo'ladi?
--- Bahorda ob-havo iliq bo'ladi.
--- Bahor havosi senga yoqadimi?
--- Ha, bahor havosi menga yoqadi.
Uyga vazifa. Rasm asosida fasllar haqida
bir nechta gap tuzing.
2-DARS
1-mashq. Rasm asosida namunadagidek gaplar
tuzing.
Namuna: Havo salqin bo'ldi. Bugun issiq.
86
Foydalanish uchun so'zlar: sovuq, issiq, iliq,
kechasi, kunduzi, shamol, yomg'ir, bulut.
1-topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan gaplarni ko'-
chirib yozing.
TABIAT
Barcha jonzot uchun havo, suv, quyosh,
oziq-ovqat juda zarur. Bularning barchasini
tabiatdan olamiz. Insonni tabiat o'stiradi.
Shuning uchun u «Ona tabiat» deyiladi. Tabiat
musaffo bo'lsa, inson ham sog'lom, baquvvat
o'sadi. Tabiatda hayot uchun zarur narsalar
bor. Bular daryolar, o'simliklar, hayvonlar va
boshqalar. Biz ularni asrashimiz kerak.
Lug'at
oziq-ovqat --- ïðîäóêòû asrashimiz kerak --- íàì
sog'lom --- çäîðîâûé
íóæíî áåðå÷ü
barchasi --- âñ¸
musaffo --- ÷èñòûé
tabiat --- ïðèðîäà
2-topshiriq. Berilgan so'zlardagi h tovushini to'g'ri
talaffuz qiling va bu so'zlarni eslab qoling.
ham
baho
hamma
87
havo
ahvol
hosil
hozir
mehmon
haykal
2-mashq. Nuqtalar o'rniga gap mazmuniga mos
so'zlarni qo'yib ko'chiring.
1. O'simlik, daryo, cho'l, tog'larning umumiy
nomi ... (tabiat, atrof-muhit).
2. Daraxtlar uyg'onadigan fasl ... (bahor,
kuz).
3. Yorituvchi va isituvchi sayyora ... (oy,
quyosh).
4. Yomg'ir va qor manbayi ... (bulut, suv).
5. Eng issiq fasl ... (yoz, bahor).
3-topshiriq. Matn va rasmlar asosida savol-javob
qiling.
BU QAYSI FASL?
Dala, qirlar gullarga bur-
kanadi. Hamma yoq chiroyli
gullar bilan bezanadi. Da-
raxtlar uyg'onadi. Dalada
ish boshlanadi.
Havo issiq bo'ladi. Me-
valar pishadi. Bolalar orom-
gohlarda dam oladilar.
Oromgohlar chiroyli bo'ladi.
Bolalar daryoda cho'mila-
dilar.
88
Dalada paxtalar oppoq
bo'lib ochiladi. Polizda qo-
vun-tarvuzlar pishadi. Daraxt-
larning barglari sarg'ayadi.
Havo soviy boshlaydi.
Hamma yoq oq choy-
shab bilan qoplanadi. Bo-
lalar chana, chang'i, konki
uchadilar. Qorbobo, Qorqiz
mehmonga keladi.
Uyga vazifa. Topishmoqni ifodali o'qing va
javobini toping.
Dona-dona tomchilar,
Ba'zan Sizni qamchilar.
Qora bulut ehsoni,
Giyoh, maysaning joni.
Mo'l bo'lar deb, hosil, don,
U yog'sa --- xushnud dehqon.
Shodlikdan berib darak,
Qutlar uni kamalak.
Olamni qilar shaffof,
Undan keyingi oftob.
Nima uning ta'biri.
Ha, bu bahor... !
(Muhiddin Omon)
89
XVII. SPORT O'YINLARI
1-DARS
1-mashq. Rasmlar asosida lug'atdagi so'zlardan
foydalanib, namunadagidek gaplar tuzing.
Namuna: Anvar yuguradi.
Lug'at
yugurmoq --- áåæàòü
o'ynamoq --- èãðàòü
sakramoq --- ïðûãàòü
koptok tepmoq --- óäà-
ðèòü ìÿ÷îì
kurash --- áîðüáà
kurash tushmoq --- áî-
ðîòüñÿ
suzmoq --- ïëàâàòü
koptok otmoq --- áðîñàòü
ìÿ÷
2-mashq. Rasmlar o'rniga sport o'yinlari nomini
qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Abror bilan Alisher
o'ynashdi.
2. Do'stlarim bilan
to'garagiga
qatnashamiz.
90
3. Murabbiyimiz
o'rgatdi.
4. Nodir
bilan shug'ullanadi.
5. Sevara
qiziqadi.
Yodda tuting!
Sport o'yinlari nomlarini o'qing, eslab qo-
ling, sh tovushini to'g'ri talaffuz qilishga
odatlaning.
sakrash
kurash
ko'rish
suzish
shug'ullanish qatnashish
yugurish shashka
qiziqish
chopish
shaxmat
yutish
1-topshiriq. Matnni o'qing, undan sport o'yinla-
rining nomlarini topib, yozing.
Men sport o'yinlariga juda qiziqaman. Bi-
rinchi sinfda badiiy gimnastika to'garagiga
qatnashdim. Dugonam Gulnora suzishni o'r-
gandi. Hozir maktabimizdagi shaxmat to'ga-
ragiga qatnashyapman. Jamoamiz shashka va
shaxmat bo'yicha musobaqada g'olib bo'ldi.
Lug'at
qiziqmoq --- èíòåðåñîâàòüñÿ
badiiy gimnastika --- õóäîæåñòâåííàÿ ãèìíàñòèêà
91
qatnashmoq --- ó÷àñòâîâàòü
shug'ullanmoq --- çàíèìàòüñÿ
to'garak --- êðóæîê
jamoa --- êîìàíäà
musobaqa --- ñîðåâíîâàíèå
g'olib bo'lmoq --- ïîáåæäàòü
SUHBAT
--- Ikrom, qayerga ketyapsan?
--- Basketbol o'ynashga ketyapman.
--- Sen basketbol o'ynashni bilasanmi?
--- Ha, sport to'garagida o'rgandim.
--- Men ham to'garakka borsam bo'ladimi?
--- Albatta, yur. Murabbiyimiz xursand bo'la-
dilar.
--- Bo'pti, ketdik.
2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va ajratilgan
so'zlarning ma'nosini ayting.
BASKETBOL
Bir qarorga kelsangiz,
Sog'liq g'amin yesangiz.
Bo'yim o'ssin desangiz,
O'ynang doim basketbol!
To'p, uch, to'rga tush,
Kayfiyatim bo'lsin xush!
(Behzod Hojimatov)
Uyga vazifa: Tarkibida -sh va -bol qo'shim-
chalari bo'lgan sport o'yinlari nomlarini toping.
Bu so'zlarni ikkita piramidaga joylashtiring.
92
XVIII. BAHOR KELDI
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida namunadagidek gaplar
tuzing.
Namuna: Bahorda gullar ochildi.
Foydalanish uchun so'zlar: isiydi, uyg'onadi,
keladi, gullaydi, ko'karadi, ochiladi.
Lug'at
bahor --- âåñíà
ko'karmoq --- çåëåíåòü
gullamoq --- ðàñöâåòàòü ochilmoq --- ðàñêðûâàòüñÿ
isimoq --- òåïëåòü
1-mashq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarni daf-
taringizga ko'chirib yozing.
Bahorda kunlar isiydi. Yomg'ir ko'p yo-
g'adi. Maysalar o'sib chiqadi. Daraxtlar gul-
93
laydi. Butun tabiat yangilanadi. Kuzda uchib
ketgan qushlar yana qaytib keladi.
Lug'at
yomg'ir yog'di --- äîæäü yangilanish --- îáíîâëåíèå
èä¸ò qaytmoq --- âîçâðàùàòüñÿ
o'smoq --- ðàñòè
2-topshiriq. Berilgan gaplarning tuzilishini eslab
qoling va ko'chirib oling.
Daraxtlar gullaydi.
Qushlar uchib keladi.
Havo isiydi.
Gullar ochiladi.
Yerlar haydaladi.
Hasharotlar uyg'onadi.
2-mashq. Berilgan so'zlar yordamida gaplar tuzing
va daftaringizga yozing.
Namuna: Bahorda boychechak ochiladi.
Bahorda, ko'm-ko'k, ochiladi, boychechak,
isiydi, yer haydaladi, ekin ekiladi, tabiat
uyg'onadi.
3-topshiriq. Suhbat matnlarini rollarga bo'lib o'qing
va o'zingiz davom ettiring.
--- Hovlingizda gullar ochildimi?
--- Ha, moychechaklar ochildi.
--- Daraxtlar nima qildi?
--- Daraxtlar gulladi.
94
--- Maysalar ko'kardimi?
--- ...
...
...
.
***
Bahorda qushlar nima qiladi? Yurtimizga
uchib keladi.
--- Ayiq qachon uyg'onadi?
--- Ayiq bahorda uyg'onadi.
--- Hasharotlar-chi?
--- ...
...
...
.
4-topshiriq. Berilgan so'zlardagi x---h tovushlarini
to'g'ri talaffuz qiling va bu so'zlarni eslab qoling.
xalq daraxt
hamma bahor
xato
shoxh
ashar
mahalla
xalta tuxum hayot
mehnat
3-mashq. Rasmlarga mos so'zlarni tanlab, to'g'ri
gaplar tuzing.
isitadi
chiqadi
sovutadi
chiqadi
o'sadi
gullaydi
95
gullaydi
o'sadi
ochiladi
ko'karadi
gullaydi
ochiladi
5-topshiriq. She'rni ifodali o'qing.
BAHOR KELDI
Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g'uncha ochdi.
Bog'da qizil lolalar,
Terib oling, bolalar.
(Shukur Sa'dulla)
Uyga vazifa: 5-topshiriqdagi she'rni yod
oling.
96
2-DARS
1-topshiriq. Rasmlar ostidagi so'zlardan foydalanib,
gullarning nomi va rangini ayting.
Namuna: Bu lola. Uning rangi qizil.
moychechak
atirgul
nilufar
chinnigul
lola
Lug'at
lola --- òþëüïàí
chinnigul --- ãâîçäèêà
binafsha --- ôèàëêà
atirgul --- ðîçà
moychechak --- ðîìàøêà
nilufar --- ëèëèÿ, ëîòîñ
1-mashq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlar
ishtirokida yangi gaplar tuzing.
Bahor kelib, hamma yoqda gullar ochildi.
Qirlar qi p-qizil lolaga, ariq bo'ylari binafsha
97
va chuchmomalarga burkandi. Hovlimizga
turli gullar ekdik. Men ularga suv quydim.
Gullarni yaxshi parvarish qildik. Ular chiroyli
bo'lib ochildi.
Lug'at
hamma yoq --- êðóãîì
qir --- õîëì
ariq bo'ylari --- áåðåãà àðûêà
hovli --- äâîð
gulzor --- öâåòíèê
o'tqazmoq --- ñaæàòü
parvarish qilmoq --- óõàæèâàòü
Yodda tuting!
-d tovushi ko'pincha so'z oxirida jarangsiz
talaffuz qilinadi va t tarzida aytiladi.
Masalan: qand --- qant kabi.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarni to'g'ri talaffuz qiling,
d tovushining jarangsizlashuviga e'tibor bering.
avlod
aytdi
obod
d>
>
>
>
>t
ketdi
baland
yetdi
xursand
tutdi
2-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib,
daftaringizga ko'chiring.
1. Oyim do'kondan gultuvak ... (olib keldilar,
sotdilar). 2. Unga gul ... (oldik, ekdik).
3. Chinnigul ... (ñhiroyli, qizil) bo'lib ochildi.
7 --- O'zbek tili, 3-sinf
98
4. Ko'chamizga atirgul ... (ochdik, o'tqazdik)
va obod qildik. 5. Chinnigullar ... (ketdi,
ochildi) va biz ... (xursand, yashil) bo'ldik.
3-topshiriq. Dialoglarni rollarga bo'lib o'qing va
davom ettiring.
--- Anvar, ayt-chi, bahorda qanday gullar
ochiladi?
--- Avval binafsha, chuchmomalar ochiladi.
--- Ular qayerda o'sadi?
--- ...
...
...
.
***
--- Gulnora, gul do'koni qayerda?
--- Chap tomonda gul do'koni bor. Nima
qilasan?
--- Oyimga gul sovg'a qilmoqchiman.
--- Qanday gullardan olmoqchisan?
--- ...
...
...
.
3-mashq. Rasmlarda tasvirlangan gullar haqida
kichik matn tuzing.
99
4-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va mazmunini
so'zlab bering.
ASALGUL
Gulni ko'rib gulg'uncha
Qomatini egdi sal.
Hidlay-hidlay dedi so'ng:
--- Buncha bo'lmasang go'zal!
Bolari kelib qo'ndi.
O'sha gulga bir mahal,
Gulni o'pib dedi u:
--- Buncha bo'lmasang asal.
(Abdurahmon Akbar)
Uyga vazifa. O'zingiz yoqtirgan gulni tasvirlab,
kichik matn tuzing.
100
XIX. 8-MART BAYRAMI
1-DARS
1-mashq. Berilgan rasm asosida namunadagidek
gaplar tuzing.
Namuna: Onamni tabriklayman.
1-topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini so'zlab
bering. ONAJONLAR BAYRAMI
Bugun sakkizinchi mart. Bu kun butun
dunyoda onalar bayrami nishonlanadi. Men
ham onamni tabriklayman. Har bir oilada ona
eng aziz inson sanaladi. Ona --- hayot manbayi.
Onalar mehri bilan bolalar ulg'ayadi. Onalar
so'zi bilan tinchlik, yaxshilik bo'ladi. Har bir
kishi o'z onasini sevishi kerak.
101
Lug'at
bayram --- ïðàçäíèê
ulg'aymoq --- ïîâçðîñëåòü
mehr --- ëþáîâü, áëàãîñêëîííîñòü
hayot manbayi --- èñòî÷íèê æèçíè
aziz --- äîðîãîé, ìèëûé
yaxshilik --- äîáðîòà
sanaladi --- ñ÷èòàåòñÿ
nishonlanadi --- áóäåò îòìå÷àòüñÿ
2-topshiriq. Berilgan so'zlardagi -ni qo'shimchasini
to'g'ri talaffuz qiling. Gap namunasini eslab qoling.
Onamni
Buvimni
tabriklayman.
Xolamni
Ammamni
2-mashq. Suhbat matnlarini ko'chirib yozing va
eslab qoling.
--- Buvijon, bayramingiz qutlug' bo'lsin!
--- Rahmat, qizim.
--- Baxtimizga doim sog' bo'ling.
--- Sen ham omon bo'l!
***
--- Dilbar opa, bayramingiz bilan tabriklay-
miz!
--- Sizlarni ham tabriklayman.
--- Bu gullar --- sizga.
--- Katta rahmat, bolalar!
102
3-mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlarni qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
1. Buvijonim juda ... (mehribon, yosh)
2. Hammamiz ... (buvi, amma)mni yaxshi
ko'ramiz. 3. Otam onamga ... (kitob, gul)
keltirdilar, men ... (sovg'a, ovqat) berdim.
4. Abror buvisiga ... (sog'lik, yomg'ir) tiladi.
5. Singlimga qanday sovg'a (tabriklay, olay)?
3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va bitta to'rtlikni
yod oling.
ONAJONLAR BAYRAMI
Sakkizinchi mart bugun,
Onajonlar bayrami.
Yo'llariga poyandoz ---
Dasta gullar boylami.
Biri gul, biri bulbul ---
O'g'il, qizlar shod bugun.
Mehridan gul tutadi,
Mehribon ona uchun.
A'lo baho sovg'amiz,
Onajonlar, assalom!
Hamisha ta'zimdamiz,
Mehribonlar, assalom!
(N. Toshpo'lat)
Uyga vazifa. 2-mashqdagi suhbat matn-
laridan foydalanib, 8-mart bayramiga atab
tabriknoma yozing.
103
2-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan
so'zlarning ma'nosini ayting.
Ertaga 8-mart bayrami. O'qituvchi opamiz
sinfga kirdilar. Sardor: «Men tabriklay, xo'p-
mi?» --- dedi. Lola: «Men gullarni beray», --- dedi.
Biz rozi bo'ldik. Sardor: «Sizni bayram bilan
tabriklaymiz. Hamisha sog' bo'ling», --- dedi.
Lola gullarni berdi. Nodir o'zi yasagan hay-
kalchani sovg'a qildi. O'qituvchimiz juda
xursand bo'ldilar.
Yodda tuting!
Istak, iltimos, da'vat ma'nosining ifoda-
lanishi: tabriklay.
tabriklaylik.
Men
o'qiy.
Biz
o'qiylik.
aytay.
aytaylik.
1-mashq. Savollarga javob toping va ularni
daftaringizga ko'chiring.
--- Bolalar, bugun qanday kun?
--- Men aytay.
--- Mayli, Aziza, sen ayta qol.
--- ...
...
...
.
***
--- O'qituvchimizni kim tabriklaydi?
--- Anvar, men tabriklay.
--- Yo'q, Lola tabriklaydi.
104
--- Men sovg'ani beray.
--- ...
...
...
.
2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va mazmunini
so'zlab bering. ONAJONIMGA
Mehri oftob bo'lgan,
Har so'zi kitob bo'lgan,
Yog'-u qaymoq, murabbo,
Oy kulgan shirin kulcham,
Jahon onajonimsiz.
Yulduzni uzib beray,
Kunduzni tuzib beray.
Vatan axir chaman-ku,
Kunduzimsiz ham kecham,
Osmon onajonimsiz.
(G'afur G'ulom)
2-mashq. Rasmlar asosida gaplarni to'ldiring va
ko'chirib yozing.
Anvar
...
...
...?
Anvar buvisini tabriklayapti.
--- Bu nechanchi sinf?
---Bu ...
...
...
.
--- O'quvchilar nima qilyaptilar?
--- ...
...
...
.
Uyga vazifa. Onangizni tabriklab kichik matn
tuzing.
105
XX. ASSALOM, NAVRO'Z!
1-DARS
1-topshiriq. Berilgan rasmlar asosida namu-
nadagidek gaplar tuzing.
Namuna: Sumalak pishirdik. Qo'shiq aytdik.
Lug'at
tantana --- òîðæåñòâî
ko'kat --- çåëåíü
o'yin --- òàíeö, èãðà
bog' --- ñàä
pishirmoq --- ãîòîâèòü qozon --- êàçàí, êîò¸ë.
106
2-topshiriq. Matnni o'qing. Savollar tuzing.
NAVRO'Z --- YANGI KUN
Maktabimizda Navro'z bayrami nishonlandi.
Qadimdan 21-martni yangi kun, yangi yilning
boshlanishi deb bilishgan.
21-mart kechasi bilan kunduzi teng bo'ladi.
Quyosh shu kundan boshlab baland ko'tarila
boshlaydi. Kunlar uzayadi. Hamma yerda xalq
sayillari boshlanadi. Biz ham bayram tantana-
larida qatnashdik. O'yin o'ynab, raqsga tushdik.
Qo'shiq tingladik. Katta qozonda pishgan
sumalakdan yedik. Bayram tomoshalarini
ko'rdik va juda xursand bo'ldik.
Lug'at
bayram --- ïðàçäíèê
nishonlamoq --- îòìå÷àòü
yangi kun --- íîâûé äåíü
teng bo'lmoq --- óðàâíèâàòüñÿ
uzaya boshlamoq --- ïðîäëèòüñÿ
qadimdan --- ñ äðåâíèõ âðåìåí
sayil --- íàðîäíîå ãóëÿíèå
tinglamoq --- ñëóøàòü
xursand --- ðàäîñòíûé
3-topshiriq. Gaplarni o'qing, -dik qo'shimchasining
ishlatilishiga diqqat qiling va bunday gap qurilishini
eslab qoling.
bordik.
pishirdik.
Bayramga
Sumalak
tayyorlandik.
yedik.
107
1-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi so'zlardan
mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Hovlimizda ... (hashar, Navro'z bayrami)ni
nishonladik. 2. Buvijonlar qozonda ... (somsa,
sumalak) pishirdilar. 3. Onajonlar turli ko'kat-
lardan ... (palov, somsa) pishirdilar. 4. Bolalar
... (arg'imchoq, chana) uchdilar. 5. Anvar bilan
Diyor ... (tennis, kurash) tushdilar.
4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo'lib o'qing
va davom ettiring.
--- Anvar, ertaga qanday bayram?
--- Ertaga Navro'z bayrami.
--- Navro'z qanday bayram?
--- Navro'z --- bahor bayrami.
Uyga vazifa. Navro'z bayrami haqida 4 ta
gap tuzing.
2-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qing, asosiy so'zlarni ajratib,
ma'nosini tushuntiring.
ASSALOM, NAVRO'Z!
Bugun Navro'z bayrami. U bahor bayrami.
Daraxtlar gulladi. Binafshalar ochildi. Kunlar
isidi. Hovlimizda bayramga tayyorgarlik bosh-
landi. Buvijonlar qozonda sumalak pishirishdi.
Dasturxonga ko'k somsa, sumalak qo'yildi.
108
Karnay, surnay chalindi. Xonandalar qo'shiqlar
aytishdi. Hammamiz o'yinga tushdik. Navro'z
shodlik, baxt va baraka keltiradi.
Lug'at
bahor --- âåñíà
baxt --- ñ÷àñòüå
gulladi --- ðàñöâåëè
shodlik --- ðàäîñòü
xonanda --- ïåâåö
tomosha --- ïðåäñòàâëåíèå
binafsha --- ôèàëêà baraka --- èçîáèëèå
1-mashq. Navro'z bayrami haqida 3 --- 4 gapdan
iborat kichik hikoya yozing.
Foydalanish uchun so'zlar: qatnashmoq, o'yna-
moq, tozalamoq, oto'yini, musobaqa, chuchvara, gul-
dasta, qo'shiq, raqs.
2-topshiriq. Rasmlar asosida savollarga javob
bering.
Ular nima pishirishyapti?
109
Lola nima qilyapti?
U qanday qiz?
3-topshiriq. Suhbat matnini o'qing va davom
ettiring.
--- Sevara, sen sumalak yeganmisan?
--- Ha, yeganman, u juda mazali.
--- Bilasanmi, u nimadan tayyorlanadi?
--- Yo'q, bilmayman. O'zing aytib ber.
--- Un va undirilgan bug'doydan tayyorlanadi.
--- ...
...
.
Yodda tuting!
Undosh tovushlar ko'proq so'z oxirida
jarangsiz talaffuz qilinadi. Qiyoslang va eslab
qoling.
b>p q>g'
d>t
z>s
maktab bayroq
xursand boramiz
kitob
toychoq baland
og'iz
kabob qaymoq qand
qog'oz
Uyga vazifa. Savollarga yozma ravishda javob
bering.
Navro'z bayramiga qanday tayyorgarlik ko'r-
dingiz? Bayramda qayerga bordingiz?
110
XXI. BAHORGI ISHLAR
1-DARS
1-topshiriq. Rasmlar asosida gaplar tuzing.
Foydalanish uchun so'zlar: ko'chat, ekyapti, yer
haydayapti, dehqon, parvarish qilish.
111
SUHBAT
--- Bahorda, maktab hovlisida nima qilasiz?
--- Maktab hovlisini tozalaymiz.
--- Yana qanday ishlarni bajarasiz?
--- Yuqori sinf o'quvchilari daraxtlarni oqlay-
dilar, tagini yumshatadilar.
--- Kimlar daraxt ekadi?
--- Barcha o'quvchilar sinf rahbari bilan
ko'chat o'tqazadilar.
--- Siz nima qilasiz?
--- Biz daraxtlarni parvarish qilamiz.
1-mashq. Matnni o'qing va ajratib ko'rsatilgan
so'zlarni tarjima qiling.
BAHORGI ISHLAR
Bahor keldi. Dalada bahorgi ishlar bosh-
landi. Dehqonlar yer haydaydilar. Bog'larga
mevali daraxtlar ekadilar. Bog'bon nihollarni
parvarish qiladi. Daraxtlarni sug'oradi.
Lug'at
bahorgi --- âåñåííèé
ekmoq --- ñàæàòü
yer haydamoq --- ïàõàòü çåìëþ
nihollar --- ìîëîäûå âñõîäû
parvarish qilmoq --- óõàæèâàòü
Bilib oling!
-gi qo'shimchasi so'zlarga qo'shilib,
paytga nisbatan munosabatni ifodalovchi
sifatlarni yasaydi.
Masalan: bahor (âåñíà) --- bahorgi
(âåñåííûé), yoz (ëåòî) --- yozgi (ëåòíèé).
112
2-topshiriq. Savollarga 1-mashqdagi matndan
foydalanib javob bering.
1. Dalada qanday ishlar boshlandi?
2. Kimlar yer haydaydilar?
3. Bog'bon nima qiladi?
4. Bog'bon nimalarni sug'oradi?
2-mashq. Rasmlar o'rniga tasvirlangan narsalarning
nomini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Maktab hovlisiga
o'tqazdik.
2. Katta bolalar
larni tashidilar. 3. An-
var va Nodira
ekdilar. 4. Qizlar
bilan hovlini supurdilar. 5. Aziza ko'chatlarga
da suv quydi.
Uyga vazifa. Bahorgi ishlar haqida 3 --- 4 ta
gaplar tuzing.
3-topshiriq. Berilgan so'zlardagi e va ye to-
vushlarini to'g'ri talaffuz qiling va eslab qoling.
ekin
chelak
yer
elat
ketmon
yelim
ertalab
belkurak
yengil
113
4-topshiriq. She'rni ifodali o'qing, ye tovushining
talaffuziga diqqat qiling va she'r mazmunini so'zlab
bering.
KO'CHAT O'TQAZ!
Turli-turli niholga
Bog'imiz to'lsin desang,
Sharbat to'la mevalar
Yana mo'l bo'lsin desang,
Ko'chat o'tqaz!
Yoshligingning eng aziz ---
Qimmatli damlarida,
Gul unsin desang agar ---
Bosgan qadamlaringda,
Ko'chat o'tqaz!
Do'stlaring havas bilan
Sendan olsinlar o'rnak.
Har g'uncha yoshligingdan ---
Bersinlar desang darak,
Ko'chat o'tqaz!
(Safar Barnoyev)
Uyga vazifa. Hovlingizda yoki maktab
hovlisida bahorda qilinadigan ishlar haqida kichik
matn yozing.
8 --- O'zbek tili, 3-sinf
114
2-DARS
1-mashq. Quyidagi so'z birikmalari ishtirokida
namunadagidek gaplar tuzing.
Namuna: Bobom bilan ko'chat o'tqazdik.
Ko'chat ekish, poliz ekinlari, bog' yaratish,
parvarish qilish, yer haydash.
1-topshiriq. e---ye tovushlarini to'g'ri talaffuz
qiling va berilgan so'zlarni eslab qoling.
ekin
yengil
dehqon
yeng
ekish
yeyish
meva
yetuk
ertak
yerk
etmon
yelka
2-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shim-
chalardan mosini qo'ying.
1. Dalada bahor... ( -da, -gi) ishlar bosh-
landi. 2. Kuz... (-dan, -gi) bug'doy unib chiqdi.
3. Bog'da yoz... (-gi, -di) mevalar pishdi.
4. Kech... (-ga, -ki) ovqatni dalada yedik.
2-topshiriq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan
so'zlarni tarjima qiling.
Bahorda dehqonlarning yumushlari ko'-
payadi. Dehqonlar yerni haydab, ekin ekishga
tayyorlanishadi. Bahor kelishi bilan bog'-
bonlarning ishi ham ko'payadi. Daraxt ko'-
chatlarini o'tqazadilar. Ariqlarni tozalaydilar.
Gullar ekadilar. Bu ishlarda o'quvchilar ham
faol qatnashadilar.
115
«...hasharlar paytida mahalla va guzarlar,
yo'llar va maydonlar, bog'-u rog'larni
tartibga keltirish, dov-daraxrlar o'tqazish...
jamiyat tafakkurining yangilanishiga kuchli
ta'sir qilmoqda».
I.A. Karimov
(«Yuksak ma'naviyat ---
yengilmas kuch» asaridan)
Lug'at
yumush --- ðàáîòà
tayyorlamoq --- ãîòîâèòü
ko'chat o'tqazmoq --- ñàæàòü ñàæåíöû
tozalamoq --- ÷èñòèòü
ekmoq --- ñàæàòü
faol --- àêòèâíûé
Uyga vasifa. Yuqoridagi rasm asosida matn
tuzing.
116
ÕÕII. ONA SHAHRIM
1-DARS
1-topshiriq. Rasmdan foydalanib suhbatlashing.
Foydalanish uchun so'zlar: ko'p qavatli, keng
ko'chalar, obod bo'lyapti, xiyobonlar.
2-topshiriq. Matnni o'qing, so'zlardagi e tovushini
to'g'ri talaffuz qiling.
TOSHKENT
Toshkent --- O'zbekistonning poytaxti. Biz
Toshkent shahrida yashaymiz. Toshkent katta
va chiroyli shahar. Toshkentda ko'p qavatli
binolar, keng ko'chalar, bog'lar va metro bor.
Shahrimizda yangi-yangi maktablar, meh-
monxonalar va muzeylar barpo etilgan.
Shahrimiz tobora go'zal va obod bo'lyapti.
117
Lug'at
poytaxt --- ñòîëèöà
bino --- çäàíèå
yashaymiz --- æèâ¸ì
tobora --- âñ¸ áîëåå
xiyobon --- ñêâåð
obod bo'lyapti --- áëàãîóñòðàèâàåòñÿ
1-mashq. «Toshkent» matnidan foydalanib, sa-
vollarga javob bering.
1. Toshkent qanday shahar?
2. Siz qaysi shaharda yashaysiz?
3. Toshkentda nimalar bor?
4. Shahrimizdagi bog'larning nomini ayting.
Yodda tuting!
qurilyapti.
Toshkentda ko'p
qavatli binolar
ko'payyapti.
2-mashq. Gaplarni tegishli so'zlar bilan to'ldi-
ring.
1. Bu ... shahrim. 2. Bizning ... juda chiroyli.
3. Shahrimizda ... va ... bor. 4. Toshkent ...
poytaxti.
Uyga vazifa. Lug'atdagi so'zlardan foydalanib,
3---4 ta gap tuzing.
118
2-DARS
1-topshiriq. Rasmdan foydalanib suhbatlashing.
2-topshiriq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan
so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing.
TOSHKENT METROSI
Yer osti elektr temir yo'li --- «Metro» deyi-
ladi. Metro kishilarning uzog'ini yaqin qiladi.
Toshkent metrosi juda chiroyli va toza. Metro
bekatlari juda chiroyli. Kecha biz metroning
«Paxtakor» bekatiga sayohatga bordik. Metro
poyezdlari tez yuradi.
Lug'at
yer osti --- ïîäçåìíûé
uzog'ini yaqin qiladi ---
äîëãèé ïóòü äåëàåò áëèæå
bekat --- ñòàíöèÿ
sayohatga --- íà ýêñêóðñèþ
juda --- î÷åíü
tez yuradi --- õîäèò áûñòðî
1-mashq. Berilgan so'zlar yordamida gaplar tuzing.
1. Biz, yashaymiz, Toshkentda.
119
2. Shaharga, binolar, zamonaviy, qurilyapti.
3. Ko'p, shahrimizda, sport, majmualari va,
savdo, markazlari.
3-topshiriq. Suhbatni davom ettiring.
--- Sen qaysi shaharda yashayapsan?
--- Men Toshkent shahrida yashayapman.
--- Shahringiz qanday?
--- Shahrimiz juda go'zal.
--- Toshkentda nimalar ko'p?
--- ...
...
...
.
4-topshiriq. She'rni ifodali o'qing.
VATANIM
Chaman-chaman gullarga,
Sayroqi bulbullarga,
Toshqin daryo, ko'llarga
Boydir go'zal Vatanim.
Ko'kni quchgan uylarga,
Baxt keltirgan to'ylarga,
Quvnoq va sho'x kuylarga,
Boydir go'zal Vatanim...
(O'tkir Rashid)
Lug'at
chaman-chaman --- öâåòóùèé toshqin --- áóðíûé
sayroqi --- ïåâ÷èé
quvnoq --- ðàäîñòíûé
Uyga vazifa. O'z shahringiz haqida kichik
matn tuzing.
120
XXIII. YO'L HARAKATI
1-DARS
1-topshiriq. Rasm asosida quyidagi savollarga
javob bering.
1. Rasmda qanday transport vositalari tasvir-
langan?
2. Avtobusni kim boshqaradi?
3. Avtobus kimlarni tashiydi?
4. Mashinalar yuradigan yo'l qanday ataladi?
5. Piyodalar yuradigan yo'l qismi-chi?
121
2-topshiriq. Berilgan so'zlardagi -sh, -ish
qo'shimchalarini to'g'ri talaffuz qiling va bu so'zlarni
eslab qoling.
qarash
o'tish
bilish
o'qish
kutish
chopish
to'xtash
yurish
aytish
1-mashq. Matnni o'qing va ajratib ko'rsatilgan
so'zlar ishtirokida gaplar tuzing.
KO'CHA
Mana bu bizning ko'chamiz. U Navoiy nomi
bilan ataladi. Bu ko'chada avtobus, tramvay,
yuk mashinalari va yengil mashinalar ko'p
qatnaydi. Mashinalar yuradigan yo'ldan yurish
xavfli. Odamlar piyodalar uchun ajratilgan
yo'lkadan yurishlari kerak. Chorrahada sve-
tofor bor. Ana, svetoforning yashil chirog'i
yondi. Endi yo'ldan o'tish mumkin.
Lug'at
yo'l --- äîðîãà
yurish kerak --- íàäî õîäèòü
deyiladi --- íàçûâàåòñÿ o'tish --- ïåðåõîäèòü
yo'lka --- òðîòóàð,
chorraha --- ïåðåêð¸ñòîê
äîðîæêà
yengil mashina --- ëåãêîâàÿ
xavfli --- îïàñíûé
ìàøèíà
Bilib oling!
O'zbek tilida -sh, -ish qo'shimchali
so'zlar ko'pincha kerak, mumkin, mum-
kin emas kabi so'zlar bilan birga ish-
latiladi.
122
Masalan: yurish kerak --- íàäî õî-
äèòü, o'tish mumkin --- ìîæíî ïåðåõî-
äèòü kabi.
2-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'yib,
gaplarni ko'chiring.
1. Bu ... ko'cha. 2. Bolalar chorrahada ....
3. ... yashil chirog'i yondi. 4. ... to'xtadi. 5. Yo'-
lovchilar ... o'tishadi.
Foydalanish uchun so'zlar: mashinalar, katta,
svetoforning, yo'ldan, to'xtashdi.
3-mashq. Yo'l harakati qoidalarida faol ishlatiladigan
ko'cha, yo'l, piyodalar kabi 10 ta so'zni daftaringizga
yozing va ulardan 2 tasi ishtirokida gaplar tuzing.
3-topshiriq. Dialoglarni rollarga bo'lib o'qing va
davom ettiring.
--- Qizim, pochta qayerda?
--- Narigi tomonda, buvijon.
--- U tomonga qayerdan o'taman?
--- Yuring, «o'tish joyi» chap tomonda.
--- Ana u chorrahadami?
***
--- Aziz, yo'l qoidalarini bilasanmi?
--- Albatta.
--- Ayt-chi, biz yo'lning qayeridan yurishimiz
kerak.
--- Piyodalar o'ng tomondan yurishlari kerak.
--- Xo'sh, bu belgi nimani bildiradi?
123
Uyga vazifa. Quyidagi topishmoqlarning
javobini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Pat-pat etib suzib ketar,
Izi tezda o'chib ketar.
Daladadir yumushi,
Tovoni to'la tishi.
Noni --- ko'mir,
Yo'li --- temir.
Ko'kda uchar varrak,
Yonboshida parrak.
2-DARS
1-topshiriq. Rasmlar asosida namunadagidek suh-
batlashing.
Namuna:
--- Bu ganday mashina?
--- Bu tez yordam mashinasi.
--- Uning qanday qismlari bor?
--- Haydovchi va shifokor o'tiradigan hamda
bemor yotqiziladigan qismlar.
--- Bu mashina nima uchun kerak?
--- Bemorlarga tez yordam ko'rsatish uchun
kerak.
124
1-mashq. Nuqtalar o'rniga berilgan so'zlardan
mosini qo'yib ko'chiring.
Yo'l belgilari avtomobillar va piyodalar ...
yordam berish uchun qo'yiladi. Bu belgilar
haydovchi va ... oldindan ogohlantiradi. Mana
«Piyodalar o'tish joyi» ...
. Doimo ... shu
yeridan o'tish kerak, degani. Biz bu ... amal
qilishimiz kerak.
Foydalanjsh uchun so'zlar: piyodalarni, belgiga,
harakatiga, ko'chaning, belgisi.
2-topshiriq. Quyidagi yo'l belgilarining nomini
ayting. Yo'l belgilari haqida suhbatlashing.
Quyidagi savollarga javob bering.
--- Yo'l belgilari qayerga o'rnatiladi?
--- «Bolalar» belgisi nimani bildiradi?
--- Piyodalar harakatini qaysi belgi taqiqlaydi?
2-mashq. Nuqtalar o'rniga gap mazmuniga mos
so'zlarni topib qo'ying, so'ngra daftaringizga ko'chiring.
Yo'llarning kesishgan joyi --- ...
. Transportda
qatnovchi kishilar --- ...
. Yo'lning piyodalar
yuradigan qismi --- ...
. Avtobuslarga chi-
qiladigan joy --- ...
. Qatnovni tartibga soluvchi
narsa --- ...
.
125
3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing.
SVETOFOR
Ko'cha bo'ylab yursang agar,
Atrofingga solgin nazar.
Chiroqlardan olgin saboq,
Yo'l ko'rsatar senga har choq.
Naqarot:
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'l ko'rsatar uch xil chiroq.
Sariq chiroq hushyor etar,
O'tma yo'ldan, shikast yetar.
Haydovchiga to'xtab tur deb,
Qizil chiroq xitob etar.
Yashil chiroq porlagan kez,
Yo'lni kesib o'tib ol tez.
Ko'chalar soz, obod-ravon,
Yo'lni bilgan yurar omon.
Naqarot:
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'l ko'rsatar uch xil chiroq.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Oq yo'l tilar yashil chiroq.
(Yo'ldosh Sultonov)
Uyga vazifa. 3-topshiriqdagi she'rning bi-
rinchi bandini va naqarotni yod oling.
126
XXIV. YOZ KELDI
1-DARS
1-topshiriq. «Oromgohda» mavzusida rasmga qarab
gaplar tuzing.
Foydalanish uchun so'zlar: oromgoh, daryo, dam
oldik, salqin, kimdir, tog'ga, cho'miladi, chiniqadi.
1-mashq. Matnni o'qib, sarlavha qo'ying.
Yozda kunlar issiq bo'ladi. Bog'da mevalar
pishadi. Tabiat yanada go'zal bo'ladi. O'quv-
chilarning ta'til kunlari boshlanadi. Kimdir
qishloqqa dam olishga, kimdir oromgohlarga
jo'nab ketadi. Oromgohda har xil o'yinlar
o'ynaydilar, daryoda cho'miladilar. Kitob o'qiy-
dilar, sayohatga chiqadilar.
127
Lug'at
yoz kunlari --- ëåòíèå äíè
issiq --- æàðêî
oromgohda --- â ëàãåðå
kimdir --- êòî-òî
cho'miladilar --- êóïàþòñÿ
go'zal --- ïðåêðàñíûé
ta'til --- êàíèêóëû
har xil --- ðàçíûé
fasl --- âðåìÿ ãîäà
chiniqadi --- çàêàëÿåòñÿ
2-mashq. Nuqtalar o'rniga tegishli so'zlarni qo'yib,
daftaringizga yozing.
Yoz fasli ... --- iyun, iyul va avgust. Bog'da
... pishadi. Yozda ... kunlari boshlanadi. Bolalar
... cho'miladilar. Men yoz faslini ...
.
Foydalanish uchun so'zlar: mevalar, ta'til, uch
oy, ko'lda, yoqtiraman.
Yodda tuting!
Dala
ga
bordim.
Sayohat
2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing va yod oling.
YOZDA
Keldi yoz chog'i,
Ko'kda g'oz uchdi.
Oromgoh qo'yni
Bizlarni quchdi.
128
Yayraymiz cheksiz
Dam olib bu chog'.
Maza ko'l, dengiz,
Keng yaylov, o'tloq ...
(Ilyos Muslim)
3-topshiriq. Matnni o'qing, mazmunini so'zlab
bering.
YOZ --- O'TADI SOZ!
Yoz fasli iyun oyidan boshlanadi. Ammo
bizning o'lkamizda may oyining o'rtalaridan
havo yozdagidek issiq bo'ladi. Yozda yomg'ir
kam yog'adi. Erta ekilgan sabzavot ekinlari,
handalak, bodring, pomidor yetiladi.
Mevalardan shaftoli, o'rik, olxo'ri va olmalar
pishadi. Maktablarda o'qishlar yakunlanib,
o'quvchilar yozgi ta'tilga chiqishadi.
Bu vaqtda bolalar dam olish maskanlari,
sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar.
Respublikamizda bolalar oromgohlari juda
ko'p. Ular tabiati chiroyli, havosi toza joylarga
qurilgan.
Tabiat qo'yniga sayohatga chiqqanda yurish,
kiyinish, suvda cho'milishning o'z qoidalari
bor.Oftobda bosh kiyimsiz yurish, gullar, o'tlarni
yulish, hasharotlarga, hayvon va qushlarga
ozor berish, kattalar nazoratisiz suvga tushish,
cho'milish mumkin emas.
129
Lug'at
yakunlanmoq --- çàêàí÷èâàòñÿ
tabiati chiroyli --- ïðåêðàñíàÿ, êðàñèâàÿ ïðèðîäà
havosi toza --- ÷èñòûé âîçäóõ
qoida --- ïðàâèëî
yulish --- ðâàòü
Uyga vazifa. «Yozda» mavzusida 4 ta gap
tuzing.
2-DARS
1-topshiriq. Matnni o'qib, uning mazmuni asosida
savollar tuzing.
YOZGI TA'TILDA
Men yozgi ta'tilda Farg'onaga bordim. Far-
g'ona juda go'zal shahar. U yerda bog'lar
juda ko'p. Buvim bilan «Chimyon» dam olish
uyida ham bo'ldim. Dam olish uyida men
ko'p bolalar bilan do'stlashdim. Menga dam
olish uyi juda yoqdi.
Lug'at
bilan --- ñ (ïðåäëîã) do'stlashdim --- ïîäðóæèëñÿ
juda --- î÷åíü
yoqdi --- ïîíðàâèëîñü
2-topshiriq. Berilgan so'zlardagi -ga, -ka, -qa
qo'shimchalarini to'g'ri talaffuz qiling va so'zlarni eslab
qoling.
ta'tilga
eshikka
qishloqqa
dalaga
laylakka
buloqqa
ko'lga
chelakka
qayiqqa
9 --- O'zbek tili, 3-sinf
130
3-mashq. Berilgan so'zlarni to'g'ri joylashtirib
gaplar tuzing.
1. Men, dam, yozgi, oldim, ta'tilda, yaxshi.
2. Yordam, men, uy, berdim ishlarida,
onamga.
3. Oromgohda, joylarni, ko'p, ko'rdim,
chiroyli.
SUHBAT
--- Yozgi ta'til qachon boshlanadi?
--- Yozgi ta'til 1-iyundan boshlanadi.
--- Siz yozgi ta'tilni qayerda o'tkazasiz?
--- Men yozgi ta'tilni bobomnikida o'tka-
zaman.
--- Bobong qayerda yashaydilar?
--- Samarqandda yashaydilar.
--- Samarqand qanday shahar?
--- Samarqand --- katta va chiroyli shahar.
U yerda tarixiy joylar juda ko'p.
Topishmoqlar
Qavat-qavatdir to'ni,
Fe'li yomondir uni.
Yechsang agar to'nini,
Yig'latadi, bil shuni.
Erta bahor ekkanmiz,
O'zi ko'm-ko'k ham silliq.
131
Archib, tuzlab yesangiz,
Juda muzdek ham suvlik.
Men ko'rdim qiziq olma,
Oq emas, qizil olma.
Daraxtda pishmas biroq,
O'zi olmadan yumshoq.
Uyga vazifa. She'rni yod oling.
YOZNING KELISHI
Toshib oqar daryo, soy,
Suvi ataladay, loy.
Budir yozning kelgani,
Tog'lar oshib yelgani.
Jaranglaydi qo'ng'iroq,
Undan yangraydi har yoq.
Budir yozning kelgani,
«Ta'tillarga», degani ...
(Eson Rahimov)
132
LUG'AT
A
ayol --- æåíùèíà
ayvon --- âåðàíäà; íàâåñ
ayniqsa --- îñîáåííî, â îñîáåííîñòè
albatta --- êîíå÷íî, áåçóñëîâíî, îáÿçàòåëüíî
ammo --- íî, îäíàêî, õîòÿ
ancha --- çíà÷èòåëüíî, ìíîãî, äàâíî
ari --- îñà
asr --- âåê, ñòîëåòèå; ýïîõà
asramoq --- ñîäåðæàòü; áåðå÷ü, õðàíèòü
ashula --- ïåñíÿ
aql --- óì, ðàçóì, ðàññóäîê
aqlli --- óìíûé, ïîíÿòëèâûé
Â
bayram --- ïðàçäíèê
baliq --- ðûáà
balki --- ìîæåò áûòü
baravar --- ðàâíûé; íàðàâíå
barcha --- âåñü (âñÿ, âñ¸, âñå)
baxt --- ñ÷àñòüå, óäà÷à
baxtli --- ñ÷àñòëèâûé, óäà÷ëèâûé
ba'zan --- èíîãäà, âðåìåíàìè
bekat --- îñòàíîâêà
bino --- çäàíèå, ïîñòðîéêà
boylik --- áîãàòñòâî, áëàãî
bolta --- òîïîð
bolg'a --- ìîëîòîê, ìîëîò
bog' --- ñàä, ïàðê; ïó÷îê
bog'bon --- ñàäîâíèê, ñàäîâîä
bu yerda --- çäåñü
buzoq --- òåë¸íîê
bulbul --- ñîëîâåé
bo'ylab --- âäîëü, ïî
bo'lak --- ÷àñòü, êóñîê; äðóãîé, îòäåëüíûé
133
D
davlat --- ãîñóäàðñòâî; áîãàòñòâî
dazmol --- óòþã
dala --- ïîëå
dangasa --- ëîäûðü, ëåíòÿé
darvoza --- âîðîòà
daryo --- ðåêà
darmon --- ñèëà (çäîðîâüå)
demak --- çíà÷èò, ñëåäîâàòåëüíî, èòàê
dengiz --- ìîðå
dori --- ëåêàðñòâî
dorixona --- àïòåêà
do'stona --- äðóæåñòâåííûé, äðóæåñêè
E
ekin --- ïîñåâ
ekmoq --- ñåÿòü; ñàæàòü
erinchoq --- ëåíèâûé, ëîäûðü
ertak --- ñêàçêà
eshitmoq --- ñëûøàòü; çàñëóøèâàòü
F
fazilat --- äîñòîèíñòâî
fazo --- ïðîñòðàíñòâî, êîñìîñ
farrosh --- óáîðùèöà; äâîðíèê
farq --- ðàçíèöà, îòëè÷èå
farqlamoq --- îòëè÷àòü, ðàçëè÷àòü
G
gilam --- êîâ¸ð
gugurt --- ñïè÷êè
guldasta --- áóêåò öâåòîâ
gulzor --- öâåòíèê
gullamoq --- öâåñòè, ðàñöâåñòè
gulxan --- êîñò¸ð
go'zal --- êðàñèâûé, ïðåêðàñíûé
134
Í
havo --- âîçäóõ; ïîãîäà
havas --- æåëàíèå; èíòåðåñ
haydamoq --- ãíàòü; âîäèòü; ïàõàòü
haydovchi --- âîäèòåëü
hamshira --- ìåäñåñòðà
hasharot --- íàñåêîìîå
hisoblamoq --- ñ÷èòàòü, ðàññ÷èòûâàòü
hissa --- äîëÿ, ÷àñòü
hordiq --- óòîìëåíèå, óñòàëîñòü
hordiq chiqarmoq --- îòäûõàòü
hunar --- èñêóññòâî, ìàñòåðñòâî; ðåìåñëî
hurmat --- ïî÷¸ò, óâàæåíèå, ÷åñòü
hushyor --- áäèòåëüíûé, çîðêèé; òðåçâûé
I
idora --- êîíòîðà, óïðàâëåíèå; ó÷ðåæäåíèå
iz --- ñëåä, îòïå÷àòîê; ëèíèÿ, ðåëüñû
izlamoq --- èñêàòü, ðàçûñêèâàòü
ikkala --- îáà, îáå; äâîå
ilgari --- ðàíüøå, ïðåæäå; âïåð¸ä
iliq --- ò¸ïëûé; òåïëî
ilon --- çìåÿ
iltimos --- ïðîñüáà
in --- ãíåçäî; íîðà; áåðëîãà
inoq --- äðóæíûé, ìèðíûé
isimoq --- íàãðåâàòüñÿ; òåïëåòü
istiqbol --- áóäóùåå, ïåðñïåêòèâà
ishlamoq --- ðàáîòàòü; äåéñòâîâàòü; îòðàáàòûâàòü
ishchi --- ðàáî÷èé; ðàáîòíèê
iyak --- ïîäáîðîäîê
J
javon --- øêàô
jadval --- òàáëèöà; ðàñïèñàíèå
jazo --- íàêàçàíèå, êàðà
135
jamiyat --- îáùåñòâî; ïóáëèêà, íàðîä
jar --- îâðàã, îáðûâ
jahon --- ìèð
jihoz --- îáîðóäîâàíèå, óòâàðü
jo'ja --- öûïë¸íîê, ïòåíåö
Ê
kalta --- êîðîòêèé, êðàòêèé
kamalak --- ðàäóãà; ëóê
kamtar --- ñêðîìíûé; ñìèðåííûé
kapalak --- áàáî÷êà, ìîòûë¸ê
kasb --- ïðîôåññèÿ; ðåìåñëî, çàíÿòèå
katta --- áîëüøîé, îãðîìíûé; âçðîñëûé, ñòàðøèé
kelajak --- áóäóùåå; ãðÿäóùèé
kelmoq --- ïðèõîäèòü, ïðèéòè
keng --- øèðîêèé, ïðîñòîðíûé
kesmoq --- ðåçàòü, îáðåçàòü
ketmoq --- óõîäèòü, óåçæàòü
kezmoqda --- áðîäèòü, õîäèòü
kiyik --- îëåíü
kunduz --- äåíü, äíåâíîå âðåìÿ
kutmoq --- æäàòü; âñòðå÷àòü
kutubxonachi --- áèáëèîòåêàðü
ko'rkam --- êðàñèâûé, ïðåëåñòíûé
êî'ñha --- óëèöà
L
lazzatli --- âêóñíûé, ïðèÿòíûé íà âêóñ
lola --- òþëüïàí
lo'nda --- ëàêîíè÷íûé, ÿñíûé
lo'ppi --- ïóõëåíüêèé, ïîëíåíüêèé
Ì
mavsum --- ñåçîí, âðåìÿ ãîäà
mayda --- ìåëêèé; ìåëî÷ü
maydon --- ïëîùàäü; ïîëå
maymun --- îáåçüÿíà
136
marosim --- îáðÿä; öåðåìîíèÿ
ma'qul --- ïðèåìëåìûé, ïîäõîäÿùèé; ïðèÿòíûé
maqtamoq --- õâàëèòü, âîñõâàëÿòü
mehmon --- ãîñòü, ãîñòüÿ
mehnat --- òðóä, ðàáîòà
mehnatkash --- òðóäÿùèéñÿ, òðóæåíèê
mehribon --- çàáîòëèâûé; ëþáåçíûé
minora --- ìèíàðåò, áàøíÿ; âûøêà
muzqaymoq --- ìîðîæåíîå
muomala --- îáðàùåíèå, îòíîøåíèå
musaffo --- ÷èñòûé
N
nam --- âëàãà, ñûðîñòü
namuna --- îáðàçåö, ïðèìåð
nihol --- ìîëîäîé ðîñòîê; ñàæåíåö
nozik --- íåæíûé; õðóïêèé; òîíåíüêèé
nuqul --- âåñü, ñïëîøü
Î
obod --- áëàãîóñòðîåííûé
oddiy --- îáû÷íûé; ïðîñòîé
ozod --- ñâîáîäíûé, îñâîáîæä¸ííûé
ozoda --- ÷èñòûé; ÷èñòîïëîòíûé
olov --- îãîíü; ãîðÿ÷èé
oppoq --- ñîâåðøåííî áåëûé, áåëîñíåæíûé
orzu --- ìå÷òà, æåëàíèå
ortiqcha --- ëèøíèé
oftob --- ñîëíöå
oshpaz --- ïîâàð, êóëèíàð
og'ir --- òÿæ¸ëûé; òðóäíûé
Ð
parda --- çàíàâåñ, çàíàâåñêà
paxtakor --- õëîïêîðîá
pashsha --- ìóõà
137
piyoda --- ïåøêîì
pichirlamoq --- øåïòàòü, íàø¸ïòûâàòü
poylamoq --- ïîäñòåðåãàòü; æäàòü
puxta --- ïðî÷íûé; àêêóðàòíûé; ðàñ÷¸òëèâûé
Q
qavat --- ñëîé; ýòàæ
qadim zamon --- äðåâíîñòü
qaytim --- ñäà÷à (äåíåã)
qaychi --- íîæíèöû
qalam --- êàðàíäàø
qattiq --- òâ¸ðäûé, æ¸ñòêèé
qidirmoq --- èñêàòü, ðàçûñêèâàòü
qiziqarli --- èíòåðåñíûé, çàáàâíûé
qoida --- ïðàâèëî, ïîëîæåíèå
qolmoq --- îñòàâàòüñÿ, ëèøàòüñÿ; ïðåêðàùàòüñÿ
qurbon bo'lmoq --- ïîãèáíóòü
quti --- ÿùèê, êîðîáêà; óðíà
qo'ymoq --- ñòàâèòü, êëàñòü; îñòàâëÿòü; îòïóñêàòü
qo'ng'iz --- æóê
qo'rqmoq --- áîÿòüñÿ, ïóãàòüñÿ, òðóñèòü
qo'shni --- ñîñåä, ñîñåäêà
R
raqs --- òàíåö, ïëÿñêà
rozi bo'lmoq --- áûòü äîâîëüíûì; ñîãëàñèòüñÿ
rohat --- óäîâîëüñòâèå, ïîêîé
ro'zg'or --- õîçÿéñòâî
S
sabab --- ïðè÷èíà; ïîâîä
sayohat --- ïóòåøåñòâèå, ïîåçäêà
sayr --- ãóëÿíüå, ïðîãóëêà
salqin --- ïðîõëàäà; òåíèñòûé
saraton --- ñàìîå æàðêîå ëåòíåå âðåìÿ
saroy --- äâîðåö
138
sarg'aymoq --- æåëòåòü
serob --- îáèëüíûé
sir --- òàéíà, ñåêðåò; ãëàçóðü, ýìàëü
sira --- âîâñå, íèêàê, ñîâñåì
sig'moq --- âìåùàòüñÿ, ïîìåùàòüñÿ
soat --- ÷àñ; âðåìÿ
sotib olmoq --- ïîêóïàòü
sotuvchi --- ïðîäàâåö
soya --- òåíü
suzmoq --- ïëàâàòü; ôèëüòðîâàòü
suhbatlashmoq --- áåñåäîâàòü
so'ramoq --- ñïðàøèâàòü; ïðîñèòü
T
tabriklamoq --- ïîçäðàâëÿòü, ïðèâåòñòâîâàòü
tayyor --- ãîòîâûé, ïðèãîòîâëåííûé
taklif --- ïðåäëîæåíèå
tashimoq --- íîñèòü, òàñêàòü; âîçèòü
tashkilot --- îðãàíèçàöèÿ
ta'til --- êàíèêóëû, îòïóñê
tekshirmoq --- ïðîâåðÿòü; èññëåäîâàòü; ðàçáèðàòü
tiniq --- ïðîçðà÷íûé, ÷èñòûé
tinchlik --- ìèð; ñïîêîéñòâèå, ïîêîé
topishmoq --- çàãàäêà
tor --- óçêèé, òåñíûé
tosh --- êàìåíü
to'satdan --- âíåçàïíî, âäðóã
to'xtamoq --- îñòàíàâëèâàòüñÿ
U
uzun --- äëèííûé; äîëãèé; âûñîêèé
uó---äîì
ulug' --- âåëèêèé, áîëüøîé
unutmoq --- çàáûâàòü, óïóñêàòü èç âèäó
urf-odat --- îáû÷àé, íðàâû
139
usta --- ìàñòåð, óìåëåö â ñâî¸ì äåëå
uchrashmoq --- âñòðå÷àòüñÿ, ñòàëêèâàòüñÿ
V
vazir --- ìèíèñòð
varrak --- áóìàæíûé (âîçäóøíûé) çìåé
vaqtida --- â ñâî± âðåìÿ, ñâîåâðåìåííî
vergul --- çàïÿòàÿ
viloyat --- îáëàñòü
voqea --- ñîáûòèå, ñëó÷àé
X
xabar --- âåñòü, èçâåñòèå
xazina --- êàçíà; ñîêðîâèùíèöà; êëàä
xalq --- íàðîä
xizmat --- ñëóæáà, ðàáîòà
xizmat qilmoq --- ñëóæèòü
Y
óànà --- åù¸; ñíîâà
yashamoq --- æèòü, ñóùåñòâîâàòü
yashnamoq --- öâåñòè, ïðîöâåòàòü
yaqin --- áëèçêèé; îêîëî
yaqinda --- íåäàâíî; ñêîðî
yengil --- ë¸ãêèé; íåâûäåðæàííûé
yetmish --- ñåìüäåñÿò
yetmoq --- õâàòàòü; äîñòèãàòü; äîñòàâàòü
yechilmoq --- ðàçâÿçàòüñÿ; ðåøàòüñÿ
yechmoq --- ðàçâÿçàòü; ðåøàòü; ñíèìàòü (îäåæäó,
îáóâü)
yirik --- êðóïíûé
yirtmoq --- ðâàòü, ðàçðûâàòü
yirtqich --- õèùíèê, çâåðü
yig'lamoq --- ïëàêàòü, ðûäàòü
140
yig'ishtirmoq --- ñîáèðàòü; óáèðàòü
yodlamoq --- çóáðèòü, çàó÷èâàòü; çàïîìèíàòü
yozmoq --- ïèñàòü
yozuvchi --- ïèñàòåëü; ïèøóùèé
yolg'iz --- îäèí; îäèíîêèé
yolg'on --- ëîæü, íåïðàâäà
yonida --- ðÿäîì, îêîëî, âîçëå
yonmoq --- ãîðåòü; áëåñòåòü, ñâåðêàòü
yoqmoq --- íðàâèòüñÿ; çàæèãàòü, òîïèòü
yog'och --- äåðåâî
yubormoq --- ïîñûëàòü, îòïðàâëÿòü, íàïðàâëÿòü
yulduz --- çâåçäà
yumaloq --- êðóãëûé, øàðîîáðàçíûé
yumshoq --- ìÿãêèé; íåæíûé
yupqa --- òîíêèé
yurt --- ñòðàíà, ðîäèíà
yuqori --- âåðõ; âûñøèé
yuqumli --- çàðàçíûé, èíôåêöèîííûé
óî'l --- äîðîãà, ïóòü; òðîïà
yo'l harakati --- äîðîæíîå äâèæåíèå
yo'lak --- ïðîõîä, êîðèäîð
yo'lka --- òðîòóàð; äîðîæêà
yo'qolmoq --- òåðÿòüñÿ; èñ÷åçàòü
Z
zavq --- íàñëàæäåíèå, âîñòîðã; óäîâîëüñòâèå
zavqlanmoq --- âîñòîðãàòüñÿ, âîñõèùàòüñÿ; íàñëàæ-
äàòüñÿ
zamon --- âðåìÿ, ìîìåíò
zangori --- ãîëóáîé, ëàçóðíûé
zararli --- âðåäíûé; óáûòî÷íûé
zahar --- ÿä, îòðàâà
zerikmoq --- ñêó÷àòü, èñïûòûâàòü ÷óâñòâî ñêóêè
ziyrak --- äîãàäëèâûé; ÷óòêèé
zo'rg'a --- åäâà, åëå-åëå
141
Î'
o'zim --- ñàì (ñàìà, ñàìî)
o'rta --- ñåðåäèíà
o'rtasida --- â ñåðåäèíå, â öåíòðå
o'tkazmoq --- ïðîïóñêàòü; ïåðåâîäèòü; ïðîâîäèòü
o'xshamoq --- ïîõîäèòü, áûòü ïîõîæèì; êàæåòñÿ
G'
g'alati --- íåîáûêíîâåííûé, ÷óäíûé; ñòðàííûé
g'altak --- êàòóøêà; êëóáîê
g'isht --- êèðïè÷
g'or --- ïåùåðà, ïîäçåìåëüå
Sh
shayton --- ÷¸ðò, äüÿâîë; õèòðåö
shanba --- ñóááîòà
shahar --- ãîðîä
sher --- ëåâ
she'r --- ñòèõ, ñòèõîòâîðåíèå
shivirlamoq --- øåïòàòü, íàø¸ïòûâàòü
shifokor --- âðà÷, èñöåëèòåëü
shodlik --- ðàäîñòü, âåñåëüå
Ch
chayon --- ñêîðïèîí
chaqmoq --- óêóñèòü; ãðûçòü
chevar --- ìàñòåðèöà; óìåëàÿ
chivin --- êîìàð
chizmoq --- ÷åðòèòü
chiqish --- âûõîä
chumoli --- ìóðàâåé
142
MUNDARIJA
I. Respublikamiz ................................................... 4
II. Maktabimiz ........................................................ 9
III. Sinf xonasi ..................................................... 15
IV. Kuz keldi ........................................................ 20
V. Polizda ............................................................ 24
VI. Oilamiz ........................................................... 30
VII. Kun tartibi ....................................................... 36
VIII. Sanoq ............................................................. 39
IX. Oziq-ovqatlar ................................................... 45
X. Kiyim-kechaklar ............................................... 49
XI. Qish keldi ....................................................... 53
XII. Yangi yil bayrami ........................................... 57
XIII. Uy hayvonlari va parrandalar .......................... 63
XIV. Yovvoyi hayvonlar va qushlar ......................... 70
XV. Hayvonot bo'g'ida ........................................... 77
XVI. Ob-havo .......................................................... 83
XVII. Sport o'yinlari ................................................. 89
XVIII. Bahor keldi ..................................................... 92
XIX. 8-mart bayrami ..............................................100
XX. Assalom, Navro'z!..........................................105
XXI. Bahorgi ishlar ................................................110
XXII. Ona shahrim .................................................116
XXIII. Yo'l harakati ..................................................120
XXIV. Yoz keldi .......................................................126
Lug'at .....................................................................132
A. Rafiyev, G. Muhammadjonova,
G. Ziyamuhamedova
O'ZBEK TILI
Ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan
maktablarning 3-sinfi uchun darslik
(o'zbek tilida)
Muharrir A. Ziyadov
Badiiy muharrir H. Mehmonov
Musavvirlar: R. Zufarov, Yu. Gabzalilov, N. Shoabdurahimov
Texnik muharrir U. Kim
Musahhihlar: S. Salohiddinova, H. Jo'rayev
Kompyuterda tayyorlovchi G. Qulnazarova
Íàøð ëèöåíçèÿñè ÀI 158, 14.08.09.
Bosishga ruxsat etildi 16.07.2010. Bichimi 60×901/16.
Ofset qog'ozi. Kegli 12, 14. «Pragmatika» garniturasida
terilib, ofset usulida bosildi. Nashr t. 8,50. Shartli b.t. 9,0.
43345 nusxa. Buyurtma ¹ 10-287.
O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi
«O'zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent, 100129. Navoiy ko'chasi, 30.
Rafiyev, A.
O'zbek tili: ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan
maktablarning 3-sinfi uchun darslik / R. Rafiyev, G. Muham-
madjonova, G. Ziyamuhamedova.
--- T.: «O'zbekiston» NMIU,
2010.
---144 b.
I. Muhammadjonova G., Ziyamuhamedova G.
BBK 74.268.1Uzb
R27
Ijaraga beriladigan darslik holatini
ko'rsatuvchi jadval
Darslik ijaraga berilib, o'quv yili yakunida qaytarib
olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbari tomonidan
quyidagi baholash mezonlariga asosan to'ldiriladi:
r
/
T
-
i
h
c
v
u
q
'
O
,
i
m
s
i
g
n
i
n
i
s
a
y
ili
m
a
f
v
u
q
'
O ili
y
g
n
i
n
k
il
s
r
a
D
-
a
d
n
a
g
n
il
o
it
a
l
o
h
i
g
-
h
a
r
f
n
i
Sg
n
i
n
i
r
a
bi
s
o
z
m
i
g
n
i
n
k
il
s
r
a
D
-
n
a
g
li
r
i
h
s
p
o
t
it
a
l
o
h
i
g
a
d
-
h
a
r
f
n
i
Sg
n
i
n
i
r
a
bi
s
o
z
m
i
1
2
3
4
5
6
i
g
n
a
Y
a
g
h
s
i
n
a
l
a
d
y
o
f
a
b
a
t
o
r
a
m
i
h
c
n
i
r
i
b
g
n
i
n
k
il
s
r
a
D
.it
a
l
o
h
i
g
a
d
n
a
g
li
r
e
b
i
h
s
x
a
Y
-
a
m
l
a
rj
a
n
a
d
i
m
s
i
q
y
i
s
o
s
a
g
n
i
n
k
il
s
r
a
d
,
n
u
t
u
b
a
v
o
q
u
M
-
a
m
h
c
'
o
k
,
n
a
g
a
m
lit
r
i
y
,
d
u
j
v
a
m
i
r
a
l
q
a
r
a
v
a
h
c
r
a
B
.
n
a
g
.
q
'
o
y
r
a
l
q
i
z
i
h
c
a
v
v
u
z
o
y
a
d
i
r
a
lt
e
b
,
n
a
g
il
r
a
q
i
n
o
Q
-
li
r
i
d
e
y
i
r
a
lt
e
h
c
,
b
ili
z
i
h
c
a
h
c
n
u
m
r
i
b
,
n
a
g
li
z
e
a
v
o
q
u
M
,
r
o
b
it
a
l
o
h
h
s
il
a
rj
a
a
d
i
m
s
i
q
y
i
s
o
s
a
g
n
i
n
k
il
s
r
a
d
,
n
a
g
.
n
a
g
n
a
l
r
i
m
'
a
t
il
r
a
q
i
n
o
q
n
a
d
i
n
o
m
o
t
i
h
c
v
u
n
a
l
a
d
y
o
f
-
t
e
b
m
i
r
y
a
,
n
a
g
n
a
l
r
i
m
'
a
t
a
t
y
a
q
i
r
a
l
q
a
r
a
v
n
a
g
h
c
'
î
K
.
n
a
g
li
z
i
h
c
a
g
r
a
l
z
i
s
r
a
q
i
n
o
Q
n
a
g
l
a
rj
a
n
a
d
i
m
s
i
q
y
i
s
o
s
a
,
n
a
g
lit
r
i
y
,
n
a
g
li
z
i
h
c
a
v
o
q
u
M
i
r
a
lt
e
B
.
n
a
g
n
a
l
r
i
m
'
a
t
z
i
s
r
a
q
i
n
o
q
,
q
'
o
y
y
a
l
n
u
t
u
b
i
k
o
y
-
h
s
a
t
b
a
y
'
o
b
,
b
i
z
i
h
c
,i
d
y
a
m
h
s
it
e
y
i
r
a
l
q
a
r
a
v
,
n
a
g
lit
r
i
y
.i
d
y
a
m
l'
o
b
b
a
l
k
it
i
n
k
il
s
r
a
D
.
n
a
g
n
a
l